10 turdagi oziq-ovqat va 10 xil meva-sabzavot mahsulotlarining 13 sentabr, yakshanba kunidagi o‘rtacha narxlari to‘plab chiqildi.
Solishtirish bilan ayon bo‘lmoqdaki, mol va qo‘y go‘shti go‘shti eng qimmat joy poytaxt Toshkent shahri bo‘lsa, eng arzon mol go‘shti vodiyda, qo‘y go‘shti esa Nukusda ekan.
Meva-sabzavotlarda esa respublikada narxlar bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Faqat ro‘yxatdagi yagona import meva — bananning eng arzoni Gulistonda va eng qimmati Nukusda ekanini ko‘rish mumkin.