Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida maktablar ochilishi ortga surildi. 21 sentyabrdan faqat ikkita maktabda darslar boshlanadi

Bugun, 12 sentabr kuni Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri N.Sadinovaning axboroti eshitildi. Samarqand shahridagi umumta'lim maktablari faoliyati muhokama qilindi.
Ma'lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida 81 ta umumta'lim maktabi bor. Bundan tashqari «Barkamol avlod» bolalar markazi hamda SamDU huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda 96 ming 831 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ta'lim muassasalarida 5 119 nafar pedagog xodim faoliyat yuritmoqda.
Sadinovaning ma'lum qilishicha, 25-26 avgust kunlari shahardagi barcha maktablarda ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazilgan va unda ta'lim jarayoni qanday tarzda boshlash haqida so‘rovnoma o‘tkazilgan.
So‘rovnoma natijasiga ko‘ra jami ota-onalarning 69,1 foizi farzandlari darslarni onlayn tarzda olishini bildirgan. 30,9 foiz ota-ona esa an'anaviy ta'lim berilishini afzal ko‘rgan. So‘rovnomada qatnashgan ota-onalarning ma'lum bir qismi faqat boshlang‘ich ta'limni an'anaviy tarzda boshlash taklifini bildirgan.
Shundan so‘ng, Samarqand shahridagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib faqat boshlang‘ich sinflar uchun an'anaviy ta'lim yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Jumladan, joriy yil 21 sentyabrdan shahardagi faqatgina ikkita – 9 va 58-maktablarning boshlang‘ich (1-4) sinflari uchun an'anaviy ta'lim jarayonini boshlashga ruxsat berildi.
Qolgan maktablarda an'anaviy ta'lim berish jarayoni faqat shahar sanitariya-epedemiologiya va osoyishtaligi markazi xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ma'lumot uchun, Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, mamlakatda 7 va 14 sentyabrdan hududlardagi epidemiologik holatga qarab maktablarni ochishga ruxsat berilgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
-
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Jahon | 13:20
-
WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berish haqida o‘ylamoqda
Jahon | 13:11
Mavzuga oid

13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov

21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin

11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:14 / 24.09.2024