O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi 245 trillion so‘mga baholandi

Iqtisodiyot 09:42 / 10.09.2020 11518

Qayd etilishicha, xufiyona iqtisodiyot ulushi mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 48 foiziga to‘g‘ri keladi. 

“Yashirin iqtisodiyotga sabab bo‘layotgan omillardan biri - bu xarid chekini talab qilmaslik. Mana shu holat yashirin iqtisodiyotning ildiz otishiga, tadbirkorlik sub'yektlari orasida nosog‘lom raqobat muhiti shakllanishiga olib kelmoqda.

Agar har bir iste'molchi tomonidan chek talab qilinsa, xufiyona iqtisodiyot ulushi qisqarishi barobarida, soliqlardan bo‘yin tovlash holatlari ham kamayib, budjet tushumlari oshib boradi. Natijada, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanadi”, - deyiladi DSQ lavhasida.

DSQning eslatishicha, xarid cheklarini berish rad etilgan taqdirda, iste'molchi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega:

ishonch telefon raqamiga: 71 244 98 98 yoki 1198;
Soliqmobil ilovasidagi Soliq hamkor bo‘limi orqali;
Soliq qo‘mitasining Telegram boti;
mysoliq.uz veb-sayti orqali. 

Ko‘proq yangiliklar: