Markaziy bank: Asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 14 foiz darajasida belgilandi

Iqtisodiyot 15:09 / 10.09.2020 11969
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, ushbu qaror inflatsiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflatsiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta'minlash bilan izohlanadi.

Bunda, prognoz qilinayotgan davrda inflatsiyani keskin oshiruvchi omillarning nisbatan kamligi pul-kredit sharoitlarini inflyatsion xatarlarni yuzaga keltirmasdan yumshatish imkonini beradi.

Yil yakuni bo‘yicha inflatsiya prognozi 11-12,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlanib qolindi va bunda inflatsiyaning prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanish ehtimoli ortmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalar barqaror pasayishi va makroiqtisodiy barqarorlikning saqlab qolinishi sharoitida inflatsiya prognozi yanada pasaytirish tomonga ko‘rib chiqilishi mumkin.   

Markaziy bank hukumat bilan birgalikda 2023 yilga qadar inflatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib borishi ta'kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: