Homilador ayollarda koronavirus kamdan kam hollarda og‘ir kechadi – shtab a'zosi

Jamiyat 14:04 / 08.09.2020 2019

«Biroq aholi orasida homilador ayollarda immunitetning o‘zgarishi tufayli infeksiyaning og‘irroq klinik ko‘rinishi rivojlanishi xavfi bor, degan xavotirlar mavjud. Olimlar kuzatuvlar natijasida shuni aniqladilarki, koronavirus kasalligi homilador ayollarda kamdan kam hollarda og‘ir kechadi. 

Homiladorlar orasida yurak muammolari, astma, qandli diabet, buyrak yoki jigar kasalligi bo‘lgan homilador ayollar xavf guruhiga kiradi. Homiladorlik davrida o‘sayotgan homila ayolning o‘pka va yuragini bosa boshlaydi, bu esa organizmda qon aylanishini qiyinlashtiradi», dedi Barno Abdusamatova.

Uning ta'kidlashicha, homilador ayol COVID-19 bilan jiddiy kasallangan bo‘lsa, bu uning ahvolini yomonlashtiradi va nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin.

«Shuning uchun bunday ayollar doimiy kuzatuvda bo‘lishlari shart.Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, homilador ayollarda quruq yo‘tal, harorat ko‘tarilishi, nafas qisilishi, holsizlik, ishtaha yo‘qligi, mushakda og‘riq alomatlari paydo bo‘lganda uydan chiqmagan holda yashash manzilidagi uchastka shifokoriga yoki ayollar maslahatxonalariga tibbiy yordam uchun murojaat qilishlari zarur.

Imkon qadar tibbiy yordam uchun erta murojaat qilish va davolashni erta boshlash kerak, bu sog‘ayishni ta'minlaydi», dedi shtab vakili.

Ko‘proq yangiliklar: