Boliviyaning sobiq prezidenti saylovlarda ishtirok etishga qo‘yilmadi 

Jahon 21:42 / 08.09.2020 2600

Bunday qaror qabul qilinishiga Moralesning Boliviyada doimiy tarzda yashamasligi va shu sababli parlamentda o‘ringa ega bo‘la olmasligi asos qilib olingan

Morales ayni vaqtda Argentinada yashamoqda. 2019 yilda u harbiylar bosimi ostida 13 yillik prezidentlikdan keyin o‘z lavozimidan voz kechishga va emigratsiya qilishga majbur bo‘lgan. Morales 2019 yil 20 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlarini soxtalashtirishda ayblangan. O‘shandan beri mamlakatni senat raisining sobiq o‘rinbosari Janin Anes boshchiligidagi vaqtinchalik hukumat boshqarib kelmoqda.   

Boliviyada 18 oktyabrda nafaqat parlament, balki prezident saylovlari ham bo‘lib o‘tadi. Morales bu saylovlarga ham qo‘yilmagan. Senat prezident lavozimiga uni qatorasiga 3 muddat egallagan shaxslar qo‘yilmasligi haqida qaror qabul qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: