Mo‘jiza sari 10 bosqich: to‘rtinchi bosqich - bolalar kulgisining mo‘jizasi

Jamiyat 12:30 / 07.09.2020 7849

Antuan de Sent-Ekzyuperi shunday degan: “Biz hammamiz bolalikdan kelib chiqqanmiz va bu ajoyib mamlakat har birimizning qalbimizda saqlanib qoladi”.

Faqat bolalar mo‘jizalarga chin dildan ishonishi, kichik narsalarga quvonishi va chin dildan kulishi mumkin! Ushbu musobaqada kattalarning barchasi ularga yutqazadi. Bolalar baxti — ota-onalar baxtidir. Bolalar kulgisi mo‘jizaviy xislatlarga ega: u barcha tashvishlardan chalg‘itadi va har qanday kasallikni davolaydi. Butun dunyodagi ruhshunos va pediatrlar tabassum va kulgining foydali xususiyatlarini kashf etdilar va amalda tasdiqladilar. Kichkintoylarning kulishi ham o‘zlari uchun, ham ota-onalar uchun foydali.

Biz, bolalar kulgisining mo‘jizasiga to‘la bo‘lgan, butun oila vaqtdan zavqlana oluvchi va kattalar yana boladek kulishni boshlovchi mo‘jizaviy mamlakat barpo etmoqdamiz.

Family Entertainment Center (FEC) – bu butun oilani birlashtiradigan ko‘ngilochar markaz. Ajoyib va qiziqarli joylar bilan to‘ldirilgan bolalik va quvonchning ikki qavatli hududi. Bu yerdan Siz barcha o‘yingohlarni sinab ko‘rmaguningizcha ketishni xohlamasligingiz aniq. Boulingni yaxshi ko‘ruvchilar uchun biz ushbu sohada dunyo bo‘yicha mashhur bo‘lgan QubicaAMF kompaniyasi tomonidan 6 ta yo‘lak tayyorladik.  

O‘yin avtomatlarini xush ko‘ruvchilar Sega Corporation xalqaro kompaniyasining eng yaxshi sozlamalari, shuningdek C&S (Italiya) avtodromidan va Hologate (Germaniya) kompaniyasining VR o‘yinidan bahramand bo‘lishlari mumkin. Bu yerda 1000 kv.m maydonni egallagan, sevimli Pixel bolalar o‘yin maydonchasi bo‘ladi. O‘zbekistonda ilk marotaba Sizni ajoyib yopiq attraksionlar to‘plami kutmoqda: Dropping Tower (balandligi 18m), Frizbi (balandligi 15m), Spinning Coaster, Cozmojet, jami 11 ta attraksion shular jumlasidan. Qiziqarli sarguzashtlar orasida markazdagi kafelardan birida quvvatga to‘lishingiz uchun tamaddi qilib olish imkoniyati mavjud.  

Eng qiziq joy — bu har bir bolakay orzu qilgan kasbini o‘zida sinab ko‘rishi mumkin bo‘lgan haqiqiy kasblar maktabi. Shokolad fabrikasi, o‘t o‘chirish punkti va o‘t o‘chirish zonasi, tibbiyot markazi, supermarket, novvoyxona, bank, qurilish maydonchasi, jurnalistika — farzandingiz endi o‘t o‘chiruvchi bo‘lishi uchun ulg‘ayishini kutishga hojat yo‘q, biz uning orzusini hoziroq amalga oshiramiz.

 

FEC qadimiy Misr ibodatxonasi shaklida bo‘ladi, uning ulug‘vorligi sizning tasavvuringizni hayratda qoldiradi. Ichkariga kirganingizda, bir zumda turli olamlarda harakat qilishingiz mumkin: tropik o‘rmon dunyosi, kosmik dunyo, Qadimgi Misr.

Quvnoq va mamnun bola har bir ota-onaning boyligi.

Bizning maqsadimiz va mukofotimiz bolalarning kulgisi.

Biz har biringizni bolalar kulgisining mo‘jizasi bilan qamrab olamiz va dunyoni yorqin ranglar va quvonchga to‘ldiramiz!

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: