Qayd etilishicha, mamlakat iqtisodiyotining tiklanishi va keyinchalik barqaror rivojlanishi makroiqtisodiy shart-sharoitlar, chora-tadbirlar va tartibga solish vositalarini yaratish bilan bevosita bog‘liqdir. Strategiyada belgilangan makroiqtisodiy siyosat va institutsional islohotlarni davom ettirish bilan birga, hozirgi vaqtning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, 2020 yilning qolgan davrida va 2021 yilda quyidagilarga asosiy e'tibor berish talab qilinadi:
- tashqi qarzning o‘sishini cheklash, qarz mablag‘laridan foydalanish samaradorligini qat'iy nazorat qilish. Bu esa moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, xususiy investitsiyalarni har tomonlama targ‘ib qilish, shuningdek, keyingi yillarda tashqi qarzdorlikni ustav chegarasidan o‘tishining oldini olish uchun o‘pta muddatli reja va chora-tadbirlarni tayyorlash, budjet xarajatlarini rejalashtirish va O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirish, shuningdek, ulardan foydalanish ustidan qattiq nazorat qilish;
- tashqi qarzlardan samarali foydalanish, ularni ustuvor ravishda, budjet defitsiti, infratuzilma loyihalarini, iqtisodiy o‘sishga bevosita va ikkinchi darajali ta'sir ko‘rsatadigan ijtimoiy obektlarni moliyalashtirishga qaratish, aholi bandligini ta'minlash, shuningdek, kambag‘allikni qisqa va o‘rta muddatda qisqartirishga yo‘naltirish;
- texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida loyiha tanlash mezonlarini takomillashtirish orqali davlat investitsiya xarajatlarini optimallashtirish, qiymati va amalga oshirish vaqti dolzarbligini yo‘qotgan investitsion loyihalarni rad qilish, shuningdek, ularning ishga tushirilganidan keyin investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi va samaradorligini monitoring qilish, loyihalarni moliyalashtirishda xususiy investitsiya vositalaridan foydalanishni kengaytirish, shu jumladan, korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarish orqali davlat-xususiy sherikchilikni va fond bozorini rivojlantirish;
- soliq va bojxona imtiyozlarini optimallashtirish bo‘yicha ishlarni yakunlash;
- sanoat va raqobat siyosatini takomillashtirish. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va “o‘sish nuqtalariga” moliyalashtirishni jalb etish, eksport bozorlarida raqobatbardoshlikni oshirish, xalqaro qiymat zanjirlarida ichki korxonalar ishtirokida izchil o‘sishni rag‘batlantirish uchun yangi rivojlanish drayverlarini aniqlash bilan o‘pta muddatli sanoat siyosati strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish, shu jumladan, davlat korxonasi islohot jarayonini yakunlash, monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va raqobat muhitini yaratish chora-tadbirlari orqali ishlab chiqarishni ilm-fan bilan birlashtirishning samarali tizimini yaratish (tadqiqot markazlari, loyihalash byurolari, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar);
- qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilishni davom ettirish. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining xo‘jalik faoliyatiga ma'muriy aralashuvni to‘liq cheklagan holda, narx shakllanishida bozor mexanizmlarini joriy etish, moliyaviy resurslarning harakati va yer aylanmasining garov mexanizmini takomillashtirish. Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirlarini yaratish mexanizmini rag‘batlantirish;
- ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish orqali iqtisodiyotda mehnat unumdorligini oshirish orqali ish haqining hajmini oshirish va mahalliy mahsulotlarning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.