Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi savdo aylanmasi misli ko‘rilmagan darajada o‘sgan ― mutaxassis
Bugun, 27 avgust kuni AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti markaz boshlig‘i Baxtiyor Mustafoyev O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi savdo aylanmasi haqida ma'lumot berdi.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi misli ko‘rilmagan darajada o‘sgan. Savdo aylanmasi 2017 yilda 2,4 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yil yakuniga kelib, 5,2 milliard dollarga yetgan. Qisqa ikki yil ichida o‘sish 150 foizni tashkil etgan.
Qo‘shni Tojikiston bilan O‘zbekiston savdo aylanmasi 2019 yilda 2018 yildagiga nisbatan 23,4 foizga ko‘payib, 480 million dollarni tashkil qilgan. 2017 yil bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, bu o‘sish 200 foizni tashkil qilgan. Turkmaniston bilan savdo aylanmasi esa 2019 yil yakunida 540 million dollarni tashkil qilgan. O‘sish 2017 yilga nisbatan 300 fozini tashkil etadi.
“Bu savdo aylanmasi faqat import, eksport emas, balki multiplikativ, ya'ni yangi ish o‘rinlari, infratuzilmalar tashkil qilinishi bo‘lib, bu o‘z navbatida aholi turmush tarzining o‘sishini ta'minlab beradi. O‘zbekistonning so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan olib borayotgan siyosatini juda ko‘p ekspertlar, xalqaro tashkilot rahbarlari e'tirof etishmoqda”,- dedi Baxtiyor Mustafoyev.
Qayd etilishicha, mintaqaning investitsion jozibadorligi ham 2017 yilga nisbatan 32 foizga o‘sgan. Ya'ni 2017 yilda mintaqaga jami jalb qilingan investitsiyalar 24 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil yakunida bu ko‘rsatkich 35, 9 milliardga yetgan.
Mustafoyev chegaralarninng ochilishi mintaqalar o‘rtasidagi turizmning rivojlanishiga turtki bo‘lganini ham aytib o‘tdi. Masalan, 2017 yilda mintaqaga tashrif buyurgan turistlar soni 19,5 million kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu raqam 25, 4 millionga yetgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NATO Kiyevga qurollar yetkazishni muvofiqlashtirishni boshladi
Jahon | 11:25
-
🔴 LIVE: Putinning zaif nuqtasi qayerda?
Jahon | 11:22
-
Sudyalar oliy kengashida “rekord”: rais vakolat muddati tugashi arafasida 100 dan ortiq tayinlovni amalga oshirdi
O‘zbekiston | 11:20
-
M-39 yo‘lining ayrim uchastkalarida harakat tezligi 130 kmgacha oshirilishi mumkin
Jamiyat | 11:11
Mavzuga oid

18:39 / 12.09.2024
Tanzila Norboyeva: «Qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro savdo aylanmasi 7 yilda deyarli uch barobarga oshdi»

21:04 / 18.05.2023
O‘zbekiston Xitoy bilan savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

13:38 / 08.02.2023
Markaziy Osiyoda integratsiya. Bu borada qanday yutuqlarga erishildi?

14:37 / 13.11.2021