Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: «Qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro savdo aylanmasi 7 yilda deyarli uch barobarga oshdi»
Senat raisining ta’kidlashicha, mintaqa mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 450 mlrd dollarga yaqinlashgan, mintaqaning o‘sish suratlari butun dunyoning o‘rtacha o‘sish suratlaridan deyarli ikki barobarga yuqori.

Foto: Senat matbuot xizmati
Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi o‘z ishini davom ettirmoqda. Forumda O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva mintaqani Yevropa temir yo‘llari tarmog‘i bilan bog‘lashga mo‘ljallangan «Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston» temir yo‘l magistrali qurilishi to‘g‘risida bitim tuzilishi Markaziy Osiyo uchun transport-tranzit yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishda katta yutuq bo‘lganini qayd etdi.
Oliy Majlis Senati raisi O‘zbekiston tashabbusi tufayli mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaraoldi savdo zonalarini tashkil etish ishlari boshlanganini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan bunday hududlarni shakllantirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.
Birgina O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro savdo aylanmasi so‘nggi 7 yilda deyarli 3 barobarga oshgan (2017 yildagi 2,7 mlrd dollardan 2023 yildagi 7,2 mlrd dollargacha).
Umumiy o‘zgarishlar orasida suv, suv-energetika va ekologiya masalalari bilan bog‘liq yo‘nalishda ham ko‘plab ijobiy natijalar kuzatilmoqda.
2023 yilda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasida 1-Qambarota GESini birgalikda qurish, To‘xtag‘ul suv omboridan suvni oqizish, O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston o‘rtasida Bahri Tojik (Qayroqqum) suv omborining vegetatsiya davrida ishlash rejimi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Shuningdek, mintaqa xalqlarining nafaqat iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar aloqalarini ham kuchayishiga xizmat qiluvchi turizm sohasining rivojida ham Markaziy Osiyo mintaqasi ahamiyati katta ekani qayd etildi.
Jumladan, bugun O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarning 80 foizga yaqini qo‘shni mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu borada Markaziy Osiyo davlatlarining turizm salohiyatini oshirish, mintaqa bo‘ylab ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqishga qaratilgan «Bir tur — butun mintaqa» loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
«Bu va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, albatta amaliyotda ham o‘z aksini topmoqda. Jumladan, mintaqadagi savdo hajmi 4,4 barobar, qo‘shma korxonalar soni 5 barobar, o‘zaro investitsiyalar hajmi qariyb 2 barobar oshdi», — deydi Tanzila Norboyeva.
Ta’kidlanishicha, bugun Markaziy Osiyo iqtisodiy o‘sishning muhim markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Mintaqa mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 450 milliard dollarga yaqinlashgan, mintaqaning o‘sish suratlari (4,8 foiz) butun dunyoning o‘rtacha o‘sish suratlaridan (2,6 foiz) deyarli ikki barobarga yuqori.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi
Jamiyat | 11:50
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
O‘zbekiston | 11:22
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
Mavzuga oid

15:04 / 07.07.2025
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida

23:21 / 03.07.2025
“Tasodifiy, lekin yaxshi kontekst” - ekspertlar Ozarboyjonga tashrifning geosiyosiy ahamiyati haqida

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

20:45 / 30.06.2025