Respublikaning turli hududlarida Majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha yuzlab bannerlar o‘rnatiladi

Jamiyat 10:50 / 24.08.2020 4898

O‘zbekistonning barcha hududlaridagi aholi gavjum joylarda majburiy mehnatning oldini olish borasida XMT bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 800dan ortiq banner o‘rnatilmoqda, 300 mingdan ortiq flayerlar esa fuqarolarga, 20 mingdan ziyod maxsus tayyorlangan uslubiy-qo‘llanmalar mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda ish beruvchilarga tarqatilgan.

Xalqaro Mehnat tashkiloti hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi paxta-yig‘im-terimi davrida mavsumiy ishchilarni ishga yollash tartibiga doir mehnat qonunchiligini o‘rgatuvchi o‘quv-seminarlar tashkil etdi. Respublikaning barcha hududlarida tashkil etilgan seminarlarda fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasterlari vakillari qatnashdi, deb xabar qilmoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati.

XMT, BMMV, hokimliklar, IBK (Ish beruvchilar konfederatsiyasi), SSP, KUF (Kasaba uyushmalari federatsiyasi) vakillari, fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati faollari hamda ish beruvchilar ishtirokida o‘tkazilgan onlayn-o‘quv seminarlarda majburiy mehnat tushunchasining mazmun-mohiyati, paxta yig‘im terimi davrida mavsumiy ishchilarni ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha kerakli ma'lumotlar ko‘rgazmali taqdimotlar asosida tushuntirildi.

Vebinar-seminarlarda mavzuga oid fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarga majburiy mehnat to‘g‘risidagi qo‘llanma hamda flayerlar tarqatildi. Shu bilan birga, Prokuratura, IIV, Adliya vazirligi hamda jinoiy ishlar bo‘yicha suddan taklif etilganlar majburiy mehnat bo‘yicha javobgarlik choralari to‘g‘risida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Respublika bo‘ylab bu tadbirlarda ishtirok etganlar soni 2 100 dan ortiqni tashkil etdi. Jumladan, 120 – paxta klasterlar vakillari, 528 – fermer ho‘jaliklar vakillari, 318 – mehnat inspeksiyasi xodimlari, 71 – fuqarolik jamiyati institutlari va faollari, 104 – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari, 77 – SSP vakillari, 153 – adliya organlari xodimlari, 242 – mahalla qo‘mitalari vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: