Kaliforniya yirik o‘rmon yong‘inlari tufayli boshqa davlatlardan yordam so‘radi

Jamiyat 19:18 / 22.08.2020 6149

AQShning Kaliforniya shtati yirik o‘rmon yong‘inlari tufayli tashqaridan yordam so‘radi. Kaliforniya gubernatori Geyvin Nyusom ko‘mak berishni so‘rab Kanada, Avstraliya hamda AQShning boshqa shtatlariga murojaat qildi.  

Hozirda Kaliforniyada 3000 kvadrat kilometrdan ortiq maydonda 560dan ortiq yirik yong‘inlar vujudga kelgan. Yong‘inlarga qarshi kurashga 12 mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar jalb etilgan.

Xabar qilinishicha, yong‘in oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan. Shtatning qariyb 120 ming aholisi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Ular uylariga bir necha hafta davomida qayta olishmaydi.

Vaziyat koronavirus epidemiyasi sababli yanada og‘irlashgan. Boshpanalar to‘lib-toshgan bo‘lib, ko‘pchilik u yerda turishni istamayapti.

Kaliforniya AQShning koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan shtatlaridan biri hisoblanadi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu yerda kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 650 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 12 ming kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: