30 yanvar, payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda Bombardier CRJ700 samolyotining halokatga uchrashiga o‘zidan oldingi prezidentlar Jo Bayden va Barak Obama davridagi turli xillik, tenglik va inklyuzivlik (Diversity, equity, and inclusion; DEI) dasturlari va Demokratik partiya siyosati sabab bo‘lganini aytdi. «Bu bizning davlatimiz poytaxti va xalqimiz tarixida qorong‘i va alamli kecha bo‘ldi, dahshatli miqyosdagi fojia bo‘ldi», — dedi Tramp.
Respublikachi prezidentning ta’kidlashicha, demokratlar tomonidan ilgari surilgan qoidalar havo harakatini boshqaruvchi standartlarini juda yumshoq qilib qo‘ygan. Tramp o‘z qarashlari haqida dalillar keltirmadi, fojia bo‘yicha tergov endigina boshlandi. Oq uy rahbari, shuningdek, hodisaga avialayner bilan to‘qnashgan Black Hawk harbiy vertolyoti uchuvchilari aybdor ekanligini ta’kidladi.
«Ayrim ish turlari uchun bizga yuqori malakali mutaxassislar kerak», dedi Amerika rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Obama davrida AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) go‘yoki xodimlarning «juda oq tanli» ekanligi haqida direktiva chiqargan.
Tramp Putin bilan suhbatlashganiga shama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashganiga shama qildi. Amerika yetakchisi 30 yanvar kuni jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda Vashingtonda Bombardier CRJ700 yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi yuzasidan gapirdi.
Tramp halokat qurbonlarining millati haqida gapirib, ma’muriyat tegishli aksariyat davlatlar bilan aloqada ekanligini qo‘shimcha qildi.
Samolyotda SSSR va Rossiyadan bo‘lgan figurali uchuvchilar bo‘lganligi sababli, jurnalistlar Oq uy rahbaridan Putin bilan telefon orqali gaplashgani yoki gaplashmagani haqida so‘rashdi. «Yo‘q, men gaplashmadim», dedi Tramp. Shundan so‘ng u qo‘shib qo‘ydi: «Bu haqida emas».
Brifingda jurnalistlar tomonidan bunday suhbatning formati va vaqti haqidagi qo‘shimcha savollarga aniqlik kiritilmagan.