Toshkentda MChJ omborxonasidan 57 ming dollarlik trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketishdi

Jamiyat 08:57 / 21.08.2020 5776

Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, may oyidan iyul oyigacha bo‘lgan davr mobaynida 22 yoshli Sh.O. va 28 yoshli B.T. MChJlardan birining omborxonasidan 57 870 AQSh dollariga teng trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketishgan. 

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur fuqarolar shu korxonaning ishchilari bo‘lishgan. O‘g‘rilik haqida MChJ rahbarining o‘rinbosari 41 yoshli J.S. xabar bergan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: