«O‘zbekneftgaz»ning hududiy boshqarma mas’ul xodimlari 297 mln so‘mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qilishdi
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Illyustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati Romitan tuman bo‘limi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Mahkama xabarida aytilishicha, boshqarmaga qarashli Suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi hamda hududiy uchastkalarning tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha javobgar shaxslari N.B. va B.U. tomonidan o‘zining ixtiyorida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni saqlash va sarflashda ichki tartib qoidalariga rioya qilmasdan, ishonib topshirilgan jami 297,8 mln so‘mlik quvur va ikkilamchi qora metallarni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan javobgar shaxs N.B. va B.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

12:06 / 11.02.2025
Xonadonida sher bolasini noqonuniy saqlab kelgan fuqaro aniqlandi

17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?

22:19 / 19.12.2024