Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (396,6 mln. AQSh dollari), Qirg‘iz Respublikasi (329,0 mln. AQSh dollari), Tojikiston (173,6 mln. AQSh dollari), BAA (7,9 mln. AQSh dollari) va Fransiya (3,2 mln. AQSh dollari) shular jumlasidan. Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Respublikada tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 2020 yilning yanvar-iyul oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,6 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2018 yilga nisbatan ulushi 5,9 foizga kamaygan.