Joriy yilning 17 avgust kuni fuqaro E.X. Damas rusumli avtomashinasini Farg‘ona viloyati Toshloq tumanining Yakkatut MFY hududida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan A.T. boshqaruvidagi “Ij” rusumli mototsikl bilan to‘qnashishi oqibatida mototsikl haydovchisi A.T. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin”, - deyiladi ma'lumotda.