«Bugungi kunda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha 15ta loyihani amalga oshirmoqdamiz. Ulardan biri tomorqasi bo‘lgan ehtiyojmand oilalarga urug‘, ko‘chat va mineral o‘g‘itlarni bepul tarqatish bo‘ldi. Bu ham hosildorlik va aholi daromadini oshirishda yordam beradi, deb o‘ylayman.
Loyiha qiymati 200 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, kartoshkaga talab ortgani bois, bu yil kuzda kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha boshlash rejalashtirilgan. Uning qiymati 250 ming AQSh dollari.
Yana bir loyihamiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosini rivojlantirishiga oid bo‘lib, u ham 250 ming AQSh dollarni tashkil etadi.
Aytishim kerakki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga butun dunyoda talab katta. Bugungidek og‘ir sharoitda ehtiyojmanda aholiga oz bo‘lsa-da yordam berayotganimizdan xursandmiz», deydi tashkilotning O‘zbekistondagi loyiha kordinatori Sherzod Umarov.
Ma'lum qilinishicha, hozirda 34 dona kichik hajmli issiqxona, 31 dona suv nasosi va 6 dona motokultivatorni bepul yetkazib berish bo‘yicha xarid jarayonlari ketyapti.