O‘zbekiston - Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi

Foto : KUN.UZ
FIFAning 2020 yil 18 avgust kuni O‘FAga yuborgan rasmiy xatiga muvofiq, joriy yilning sentyabr oyidagi FIFA kunlari 2022 yil yanvar oyigacha qoldirildi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.
«Shu sababli Eron futbol federatsiyasining iltimosiga binoan, O‘zbekiston - Eron o‘rtoqlik uchrashuvi 7 sentyabrdan 7 oktyabr sanasiga ko‘chirildi.
Biroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining sentyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini rejalashtirilganidek o‘tkaziladi.
Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston - Tojikiston o‘rtoqlik o‘yini avvaldan reja qilinganidek, 3 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

02:13 / 30.11.2022
JCh-2022. Angliya Uelsni, AQSh Eronni mag‘lub etib 1/8 finalga yo‘llanma oldi

12:19 / 24.06.2020
O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

16:56 / 11.06.2020
FIFA yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston o‘rnida qoldi

19:58 / 23.02.2020