JCh-2022. Angliya Uelsni, AQSh Eronni mag‘lub etib 1/8 finalga yo‘llanma oldi

Sport 02:13 / 30.11.2022 15524

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida V guruhi o‘yinlari yakunlandi.

So‘nggi turda Angliya (7) Uels (1) darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Inglizlar safida Reshford dublga erishdi, Foden ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Ikkinchi yo‘llanma Eronni (3) minimal hisobda mag‘lub etgan AQShga (5) nasib etdi. Pulishichning goli amerikaliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi.

Shu tariqa 1/8 finalning ikki juftligi ma’lum bo‘ldi — 3 noyabr kuni A guruhi g‘olibi Niderlandiya V guruhida 2-o‘rinni egallagan AQShga qarshi bahs yuritsa, 4 noyabrda V guruhi yetakchisi Angliya A guruhida 2-pog‘onadan joy olgan Senegal bilan o‘ynaydi.

JCh-2022. V guruhi. 3-tur
Eron — AQSh 0:1

Gol: Pulishich (38). 
Eron – Beyranvand, Rizoyan, Puraliganji, Husayni, Muhammadi, Golizoda (Ansarifard, 77), Hojisafi (Jaloli, 71), Izzatullohi, Nurullohi (Turobi, 71), Torimiy, Ozmun (Quddus, 46).
AQSh – Terner, Dest (Mur, 82), Rim, Karter-Vikers, Robinson, Adams, Makkenni (Akosta, 65), Musa, Pulishich (Aaronson, 46), Vea (Tsimmermann, 82), Sarjyent (Rayt, 77).
Ogohlantirishlar: Adams (43), Husayni (77), Jaloli (90+6).

 

Uels — Angliya 0:3
Gollar: 
Reshford (50, 68), Foden (52).
Uels – Uord, Uilyams (Robers, 36), Rodon, Mifem, Devis (Morrell, 59), Robers, Ampadu, Remzi, Allen (Kolvill, 81), Beyl (Jonson, 46), Mur, Jyeyms (Uilson, 77).
Angliya – Pikford, Uoker (Aleksander-Arnold, 57), Maguayr, Stounz, Shou (Tripper, 65), Henderson, Rays (Fillips, 57), Bellingem, Foden, Keyn (Uilson, 57), Reshford (Grilish, 75).

Ogohlantirishlar: Jyeyms (29), Remzi (61).

 

Ko‘proq yangiliklar: