O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Sport 12:19 / 24.06.2020 5653

Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

«O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktabr va noyabr oylarida o‘tkazadi.

Ushbu bahslarga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rish maqsadida milliy jamoa uchun sentabr oyida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.

Mazkur yig‘in doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 4 sentabr kuni «Bunyodkor» stadionida  bo‘lib o‘tishi belgilandi», - deyiladi rasmiy xabarda.

Ma'lumot uchun, Tojikiston milliy jamoasini 2019 yildan buyon o‘zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev boshqarmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: