«Birinchi trimestrda har qanday virusli infeksiyadan asoratlanish xavfi yuqori. Homiladorlikning kechki davrlarida homila shakllanib bo‘lgan bo‘ladi va xavf ham sezilarli kamayadi», dedi Nargiza Nurullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Brifingda chekish koronavirus infeksiyasini yuqtirish va bemorlarning sog‘ayish jarayoniga ta'sir ko‘rsatishi haqidagi savolga ham javob berildi.
«Chekish o‘pkaga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi va o‘pkaning ishlashini yomonlashtiradi. Yirik tadqiqotlardan birida 100dan ortiq koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorda chekish va COVID-19 o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi.
Tadqiqotga ko‘ra, chekuvchilarda kasallik chekmaydiganlarga nisbatan og‘ir darajada kechishi aniqlandi, shunga mos ravishda kasallikdan sog‘ayish jarayoni ham sekin bo‘ladi», dedi shtab a'zosi.
Tadbirda bolalarni koronavirus bilan zararlanmasliklari uchun qanday himoya qilish haqida ma'lumot berildi.
Birinchi navbatda ota-onalar bolalarni koronavirusdan himoyalanish usullariga o‘rgatishlari, imkon darajasida bolalarni jamoat joylariga olib bormaslik kerakligi ta'kidlandi.
Bola virus bilan zararlanmasligi uchun bolaning yaqinlari va o‘zi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi lozim:
- ijtimoiy masofani saqlash;
- muntazam qo‘llarni yuvish;
- antiseptik vositalardan foydalanish;
- ko‘chada yuzga qo‘l bilan tegmaslik;
- niqob va imkon darajasida qo‘lqopdan foydalanish.
«Yosh bolalarga ifloslangan qo‘llar infeksiya yoki kasallik manbayi bo‘lishi mumkinligi, ifloslangan qo‘llar bilan burunga tegish, ko‘zlarni ishqalash, qo‘lni og‘izga solish aslo mumkin emasligini tushuntirish lozim», dedi Nargiza Nurullayeva.
Bundan tashqari, pandemiya davrida virusni yuqtirish yo‘llarini hisobga olgan holda uy sharoitida e'tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar aytib o‘tildi.
Virusdan zararlanishni oldini olish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
- buyumlarni, ayniqsa xom go‘sht va baliq mahsulotlari saqlangan idishlarni tozalab yuvish;
- qo‘llarni doimiy yuvish;
- xom go‘sht va baliq mahsulotlari, tayyor ovqatlar kesish uchun alohida taxtachalardan foydalanish;
- muntazam changlarni artish;
- buyumlar yuzalarini dezinfeksiya qilish.