Yil yakunigacha 20 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtirilishi rejalashtirilgan

Iqtisodiyot 14:58 / 18.08.2020 2457

2020 yil hisobida respublika bo‘yicha jami 2 mln 857 ming tonna meva, 1 mln 690 ming tonna uzum, 11 mln 974 ming tonna sabzavot, 2 mln 916 ming tonna kartoshka, 2 mln 504 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirish kutilmoqda. Bu haqida Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 17 avgustda o‘tkazilgan yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Pandemiya sharoitida qishloq xo‘jaligining holati muhokama qilingan yig‘ilishda bildirilishicha, 2020 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish maqsadida jami 387,7 ming gektar ochiq maydon yer ajratilgan.

«Shundan 137,3 ming gektarga sabzavot, 29,5 ming gektarga kartoshka, 61,8 ming gektarga poliz, 82,3 ming gektarga dukkakli va 76,8 ming gektarga moyli ekinlar ekilgan. Shuningdek, bog‘-tokzorlar qator orasiga ham tegishli qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan.

Hududlarning ichki imkoniyatlari hamda tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, joriy yilda takroriy ekin sifatida 42,5 ming gektar maydonga kartoshka ekish belgilangan. Buning uchun talab etiladigan urug‘lik kartoshkaning 100,8 ming tonnasi hududlarda mavjud, 33,1 ming tonna esa yetishmaydi. Yetishmaydigan urug‘lik kartoshkani 21ta importyor korxona orqali chetdan olib kelish ko‘zda tutilgan», deyiladi yig‘ilish bayonnomasida.

Ko‘proq yangiliklar: