Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida 2017 yilning dekabr oyida fuqaro M.M. tanishi J.M.ning ishonchiga kirib, 8.000 AQSh dollari evaziga ukasi T.J.ni 2 oy muddatda Janubiy Koreya respublikasiga ishlash uchun jo‘natishni aytgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.