Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark va klasterlar faoliyati bo‘yicha statistika ochiqlandi

Iqtisodiyot 09:11 / 15.08.2020 5445

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami – 10,8 trln so‘mni tashkil qildi, shundan MIZda – 4,9 trln so‘mni, KSZda – 1 trln so‘mni, texnopark – 69,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 4,7 trln so‘mni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich MIZlar tarkibidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, 4,9 trln so‘mni tashkil etgan.

2020 yilning yanvar-iyunida zonalar bo‘yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi eng ko‘p MIZlarda 4,9 trln so‘mni, klasterlarda 4,7 trln so‘mni, KSZlarida 1 trln so‘mni, texnoparklarda 69,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami – 20,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: MIZda – 10,5 mlrd. so‘mni va KSZda – 10,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich MIZ tarkibidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, 10,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan

2020 yilning yanvar-iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi jami – 1,2 trln so‘mni tashkil qildi. Shundan MIZda – 956,0 mlrd. so‘mni, KSZda – 87,3 mlrd. so‘mni, texnopark – 0,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 236,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark, klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) (-) miqdori jami – 1,8 trln so‘mni tashkil qildi. Shundan MIZda – 500,8 mlrd. so‘mni, KSZda – 1,3 trln so‘mni, texnopark – 7,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 35,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: