Toshkent viloyatida yaylov talashgan hamqishloqlarning janjali bir kishining qamoqqa olinishi bilan tugadi

Jamiyat 11:32 / 14.08.2020 6091

2020 yilning 6 avgust kuni soat taxminan 18:30da Bo‘ka tumani “Kamolot” fermer xo‘jaligi dala maydonida 31 yoshli Z.E. hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida qo‘shnisi, 33 yoshli D.Y. bilan qoramollarini boqish uchun yaylov talashganligi sababli kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida qo‘lida bo‘lgan o‘tkir o‘roqning tig‘ qismi bilan D.Y.ning chap tomon qorin bo‘shlig‘iga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada D.Y. tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotkizilgan.

Hodisa joyi tezkor tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, jinoyat quroli sifatida foydalanilgan “o‘roq” ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Z.E. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: