«TIBBIYOT DUNYOSI» COVID-19 uchun test xizmatlarini taklif etadi

Jamiyat 15:15 / 13.08.2020 13652

Ayni damda dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan COVID-19 pandemiyasini oldini olishda uni o‘z vaqtida aniqlash juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda, poytaxtimizdagi zamonaviy tibbiyot markazi – «TIBBIYOT DUNYOSI» hozirda koronavirusni aniqlash bo‘yicha samarali test xizmatlarini taqdim etadi. Ushbu xizmatlardan o‘zida COVID-19 alomatlarini his etgan bemorlar foydalanish imkoniga egadir. 

Tekshiruvlar 3 turdagi usul orqali amalga oshiriladi:

1️⃣ Polimeraz-zanjir reaksiyasi (polimerazno-tsepnaya reaksiya) – organizmda virus mavjudligini aniqlashga yordam beruvchi uslub bo‘lib, unda tekshiruv uchun burundan suyuqlik olinadi. 

2️⃣ IXLA  ya'ni, immunoxemilyuminessent tahlil (immunoxemilyuminessentnyy analiz) - bu virusga qarshi immunitetni aniqlash uchun qon zardobidagi IgM va IgG miqdorini aniqlash jarayonidir. Ushbu jarayonda tahlil natijalari IgM va IgG antitanalari sonini ko‘rsatadi.

*M immunoglobulinlar faol immun reaksiyasini aniqlaydi, ya'ni inson hozirda koronavirusga chalinganidan xabar beradi. G immunoglobulinlari esa inson allaqachon koronavirus bilan xastalangani va unda virusga qarshi immunitet hosil bo‘lganini ko‘rsatadi.

3️⃣ Immunoferment tahlili (immunofermentnyy analiz) esa virusga qarshi ishlab chiqarilgan qon zardobidagi IgM va IgG antitanalarining umumiy miqdorini aniqlashga yordam beruvchi tekshiruv jarayonidir.

Tibbiyot markazida malakali shifokor-mutaxassislar faoliyat olib boradi. Barcha tekshiruv jarayonlari sifat nazoratiga to‘laqonli javob beradi. 

🔺Bizning markazda Avstriya va Turkiyaning yuqori sinf ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining testlaridan foydalaniladi.
🔺Tahlillar Turkiyadan tashrif buyurgan mutaxassis-laborantlar tomonidan amalga oshiriladi. 
🔺Biz PsR tahlili natijalarining 99,6 foizgacha ishonchliligini kafolatlaymiz (sezuvchanlik - 38 nusxa/ml, o‘ziga xoslik - 100% ).
🔺Barcha testlar CE va FDA sertifikatiga ega.
🔺Test natijalari tahlillar yig‘ilgan kuniyoq ma'lum qilinadi. Laboratoriya-Informatsion tizimi (LIS)dan foydalanish kun davomida bemorlarga test natijalarini yuborish imkonini beradi. 

Agarda o‘zingizda koronavirusga bog‘liq bo‘lgan alomatlarni sezsangiz, vaqtni boy bermay, bizning tibbiyot markazimizga murojaat eting va kasallikni o‘z vaqtida aniqlang! 
 
Biz bilan bog‘lanish: 

📍Toshkent shahri, Olmazor tumani, Taxtapul ko‘chasi, 341a uy.
☎️ +99895 1995500, 
☎️ +99895 1937575.

📍Toshkent shahri, Chilonzor-2, Gagarin ko‘chasi, 11 uy.
☎️ +99871 2770069,
☎️ +99871 2775090.

📍Toshkent shahri, Qorasaroy ko‘chasi, 341 uy
☎️ +99871 2480013 (faqatgina IFA, IXLA testlari uchun)

Facebook: facebook.com/tdservice.uz

Instagram: instagram.com/tibbiyot_dunyosi

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: