O‘quvchini tinglovchi emas, faol ishtirokchiga aylantirish lozim – mutaxassis

Jamiyat 14:04 / 13.08.2020 4509

«O‘quvchilarni ta'limda faqat tinglovchi va passiv ishtirokchi emas, balki faol ishtirokchiga aylantirishimiz lozim. Juda ko‘p holatlarda o‘quvchilarga «Jim o‘tir», «Ko‘p savol berma» yoki «Mening aytganimni qil», deb ta'kidlash natijasida ularni passiv ishtirokchiga aylantirib qo‘yamiz. O‘quvchilarga ishonch bildirishimiz, ularning axborotlar bilan ishlash va mustaqil ta'lim olishga o‘rgatishimiz lozim. Metodologiya va metodlarni o‘zgartirish vaqti keldi», dedi Mehriniso Pardayeva.

Markaz rasmiysi ma'lum muddat amalda bo‘lgan masofaviy ta'lim o‘quv jarayonida o‘quvchining faol bo‘lishi kerakligini, o‘quvchini faqat sinfxonasida o‘qitish yoki o‘qituvchiga bilim olish mumkin bo‘lgan yagona manba sifatida qarash noto‘g‘riligi isbotlanganini ham aytib o‘tdi.

Shuningdek, o‘qituvchi yuritadigan konspektlarning bekor qilinganiga ham to‘xtalib o‘tildi.

«O‘qituvchi yuritib boradigan konspektning bekor qilinishi juda yaxshi yangilik bo‘ldi. Sababi malakali o‘qituvchi o‘quvchilarga sarflaydigan vaqtining ma'lum qismini konspektlar uchun ajratar edi.

Lekin konspekt o‘qituvchilar uchun yo‘l xaritasi va darsning bir qismi ham bo‘lib qolgan edi. Shuning uchun konspektning o‘rniga xalqaro va milliy konsultantlar ishtirokida ishlab chiqilgan «O‘qituvchi kitoblari» joriy qilinmoqda», dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: