IIBB Qushbegidagi YTH tafsilotlarini ochiqladi, bir kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan

Jamiyat 16:09 / 13.08.2020 5398

Joriy yilning 11 avgust kuni taxminan soat 21:30da Yakkasaroy tumani Qushbegi massivida Toshkent viloyatidan bo‘lgan 19 yoshli D.M. Cobalt rusumli avtomobilni boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. 

Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, hodisa sabablari aniqlanmoqda.
 
YTH natijasida haydovchi va uning uch nafar yo‘lovchilari – 20 yoshli N.B., D.Sh. va A.K. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlariga qaramasdan, A.K. shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
 
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
 
«Hurmatli haydovchilar! Avtomobilingizda yo‘lovchining borligi, yo‘l harakati qoidalariga e'tiborliroq bo‘lish va qoidalarga rioya qilish uchun qo‘shimcha omildir. Avtomobil boshqaruvi davomida siz nafaqat o‘z hayotingiz uchun, balki yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarining xavfsizligi uchun ham mas'uliyatli hisoblanasiz. Ehtiyotkor va diqqatli bo‘ling», - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: