1 sentyabrdan boshlab tug‘ilganlik holatiga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi barcha FHDYoda joriy etiladi 

Jamiyat 16:15 / 13.08.2020 16514

Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, sinov tariqasida Toshkent shahrida joriy etilgan ushbu ajoyib imkoniyatdan 300 nafarga yaqin fuqarolar foydalanishga ulgurdi.
 
Qayd etilishicha, endilikda:

  •  shifoxonadan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma'lumotnoma olish;
  •  FHDYo organida tug‘ilganlikni qayd etish;
  •  poliklinikaga hisobga qo‘yish;
  •  bir martalik nafaqa pulini olish;
  •  yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish;
  •  bolani davlat bog‘chasiga navbatga qo‘yish elektron tartibda amalga oshiriladi.

 Avvallari ushbu davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kamida 6 ta davlat idorasiga 15 tadan ortiq hujjat va ma'lumotlar topshirilar edi. Umuman olganda kamida 10 kundan ortiq vaqt talab qilinar edi.

Yangi tartibga ko‘ra, birgina FHDYo organiga borib, so‘rovnoma to‘ldirishning o‘zi yetarli. FHDYo organi tug‘ilganlik holatini qayd etadi va boshqa davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni ta'minlaydi. Bunda, barcha harakatlar elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

Ushbu davlat xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatish real vaqt rejimida, faqatgina FHDYo organining o‘zida ko‘rsatiladi.

Ko‘rsatilgan har bir davlat xizmati natijasi bo‘yicha fuqarolarga SMS-xabar berib boriladi. Bu davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidan fuqarolarning xabardor bo‘lishini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: