Koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonning barcha aholisi hayotiga sezilarli darajada o‘zgarishlar olib kirdi. Ko‘plab kompaniyalar, shu jumladan eshik-rom profillari ishlab chiqaruvchilar ham yangicha sharoitga moslashishga majbur bo‘lmoqdalar. Chunki murakkab vaziyatga qaramay iste'molchilar yashash sharoitlarini yaxshilashlari, ta'mirlash ishlarini amalga oshirishlari va uylar qurishlari kerak. Bunday paytda uzoq yillar iliqlik va shinamlikni saqlovchi sifatli romlarsiz bo‘larkanmi?
O‘zbekistonda eshik va rom konstruksiyalar uchun PVX-profillar ishlab chiqarishda tan olingan yetakchilardan biri bo‘lgan Ekopen kompaniyasi mijozlarga nafaqat sifatli mahsulot va servis, balki xavfsizlik va ishonchlilik bo‘yicha yetakchi ishlanmalarni taklif etishga harakat qiladi.
Ayni paytda O‘zbekiston bozorida PVX-profillar ishlab chiqaruvchi 20dan ortiq kompaniya ishlamoqda. Raqobat juda yuqori bo‘lgan bozorda o‘z xaridorlari qalbiga yetib borish naqadar qiyinligini anglab yetgan Ekopen kompaniyasi turli aksiyalarni muntazam uyushtirib turadi va reklamaga kreativ yondoshadi.
Iyul oyida Ekopen yana bir nostandart reklamaga qo‘l urdi – ishlab chiqaruvchi kompaniya bevosita o‘zi qisqa metrajli «Tugamas remont» serialini taqdim qildi. Bu serial ko‘pchilik yosh oilalar o‘z turar joylarini ta'mirlab olishda qanday muammolarga duch kelishini hazilomuz tarzda ifodalab beradi.
Sitkomning barcha 10 epizodi – 60 sekundli mini-tarix bo‘lib, ko‘pincha bitmas-tuganmas tuyiladigan ta'mirlash ishlarining barcha «og‘riq»larini ochib beradi.
Yaqinda uylangan yosh yigit – Toshpo‘lat koronavirus pandemiyasi tufayli remont bu qadar cho‘zilib ketishini mutlaqo kutmagandi. Qaynonasining fe'l-atvoriga chidab kelayotgan kelinchak – Maftuna esa ta'mirlash yakunlanganidan so‘ng o‘z uyiga ko‘chib o‘tishni orzu qiladi. O‘z navbatida qaynona remont aynan uning sa'y-harakatlari bilan bo‘layotgani, qaysar kelin esa uni tushunmayotganiga ishonchi komil. Axir, u qanday qilinsa yaxshi bo‘lishini biladi-da. Ishchilarga-ku gap yo‘q – ishlari hamisha yurishmaydi va ularni to‘g‘ri ishlashga majbur qiladigan prorab kelguncha hammasi a'lo edi.
«Tugamas remont» – ta'mirlash jarayonidagi hayotga parodiya bo‘lib, juda ko‘pchiligimiz bunday onlarni boshdan kechirganmiz. Lekin bu yerdagi asosiy ma'no hamisha yaxshilikka umid qilish ekanligidir. Hatto butkul ilojsiz vaziyatdek tuyilgan holatlarda ham bir chora topiladi. Serialdagi qahramonlar hayoti bilan har hafta TV yoki internet orqali yangi seriyalarda tanishish va maza qilib kulish mumkin.
Ekopen uylarini ta'mirlashga kirishgan har bir oilani qo‘llab-quvvatlash niyatida 1 iyuldan boshlab «Ekopen sovg‘alar tarqatmoqda!» maxsus aksiyasini boshladi. Endi 2020 yilning 30 sentyabriga qadar brend mahsulotlari xaridorlari har hafta o‘tkaziladigan tanlov ishtirokchisiga aylanishlari va Ekopen kompaniyasidan qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo‘lib, ta'mirlashlardan keyin o‘z uylarini jihozlashlari mumkin.
Ekopen har hafta 20 ta sovrin taqdim qiladi. Bular: 6ta elektrchoynak, 6ta dazmol, 2ta changyutkich, 2ta televizor, kir yuvish mashinasi, konditsioner, gaz plitasi va mebel tayyorlash uchun 8 mln so‘mlik sertifikat.
Ikkita tanlov bo‘lib o‘tdi va sovrinlar o‘zlarining baxtli egalarini topdi. Oldinda yana 10ta tanlov, demak Ekopen kompaniyasi taqdim etayotgan ko‘plab sovrinlarni yutib olish imkoniyati har bir eshik-rom xaridorlarida bor.
Qanday qilib «Ekopen sovg‘alar tarqatmoqda!» aksiyasida ishtirok etish va sovrinlar yutish mumkin:
1. 2020 yilning 30 sentyabriga qadar Ekopen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan PVX-profilli eshik-romlardan bir yoki bir nechtasini xarid qiling va o‘rnating.
2. O‘rnatilgan eshik yoki romni suratga tushiring.
3. @ekopenuzbot Telegram-botiga kirib, «Aksiya – Ekopen sovg‘alar tarqatmoqda!» bo‘limini toping va unga o‘rnatilgan Ekopen mahsuloti suratini hamda o‘zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni (FIO, yashayotgan hudud, telefon raqami, eshik-rom o‘rnatilgan sana, tayyorlab, o‘rnatib bergan sex nomi va telefon raqamlari) yo‘llang.
4. Shundan so‘ng Telegram orqali qayddan muvaffaqiyatli o‘tganingiz haqidagi xabarni oling.
5. Ishtirokchilar ro‘yxati Google Docs'da aks etib boradi va har hafta g‘oliblarni aniqlash oldidan yangilanadi.
Tanlov g‘oliblari aksiyaning qayd etilgan ishtirokchilari o‘rtasidan maxsus sayt-generator yordamida, tasodifiy raqamlarni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi. Tanlovlarni o‘tkazish jadvali va ishtirok etish shartlari bo‘yicha mana bu havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayoni videolavhasi va g‘oliblar ro‘yxati har hafta Ekopen kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan e'lon qilib boriladi.
Aksiya haqidagi batafsil ma'lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olish mumkin: +99871-120-12-00, +99893-381-11-81
Cayt: ekopen.uz
Telegram-bot: @ekopenuzbot
Facebook: fb.com/ekopen.uz
Instagram: @ekopen_uzbekistan
Odnoklassniki: ok.ru/ekopenuzbekistan
Reklama huquqi asosida