Assalom Sohil turar joy majmuasida hamyonbop xonadonlar!

Jamiyat 09:00 / 12.08.2020 15461

Endi Assalom Sohil turar joy majmuasidagi xonadonlarni xarid qilish uchun 5% chegirma amal qilmoqda – bu o‘zingiz va oila a'zolaringiz uchun hamyonbop narxlarda va qulay shartlar asosida xonadon xarid qilishning ajoyib imkoniyatidir.

Golden House'dan Assalom Sohil turar joy majmuasi – bu rivojlangan infratuzilmaga ega mustaqil hududni shakllantiruvchi noyob loyihadir. Majmua loyihasi shunday ishlab chiqilganki, uning aholisida o‘z vaqtini toza havoda o‘tkazish, uy yaqinida sport bilan shug‘ullanish, istalgan vaqtda xotirjamlik va shinamlikda dam olish imkoniyati mavjud. Assalom Sohil – bu shunchaki oddiy turar joy majmuasi emas, balki sohilga yaqin joylashganligi, ko‘kalamzorlashtirilgan hududi va mevali bog‘lari bo‘lgani uchun toza ekologiyaga ega turar joy majmuasidir.

Sohil bo‘yidan esa do‘konlar va taniqli brendlarning butiklari, kafe va restoranlar, sport maydonlari, shinam dam olish joylari, amfiteatr, vorkaut hududi va bolalar o‘yin maydonchasi bo‘lgan ulkan savdo-ko‘ngilochar markazi joy oladi.

Assalom Sohil TJMdagi barcha xonadonlar yashash uchun tayyor, tugallangan tayyor ta'mirga ega va barcha maishiy tarmoqlarga ulangan bo‘ladi. Xonadonlarda pardozlash ishlari yuqori sifatda bajariladi va hech narsani o‘zgartirishning hojati bo‘lmaydi – mebel jihozlarini olib kirasiz va yashashni boshlaysiz. Siz hattoki oshxona garniturini ham sotib olmaysiz, negaki xonadon xarid qilganingizda duxovka va havo so‘rish uskunasi bilan birga oshxona garniturini ham mutlaqo bepul qo‘lga kiritasiz.

Bundan tashqari, endilikda sizda Assalom Sohil majmuasining qurilish jarayonini o‘z kompyuteringiz yoki telefoningiz ekrani orqali kuzatish imkoniyati paydo bo‘ldi! Majmua atrofiga o‘rnatilgan kameralar yordamida istalgan odam u yoki boshqa uyning qurilish jarayoni qaysi bosqichda ekanligini bemalol bilib olishi mumkin.

O‘z-o‘zini yakkalash sharoitlarida biz barcha sanitariya qoidalariga rioya qilamiz, xodimlarimiz holatini doimiy nazorat qilamiz, ofislarimizda kompleks tozalash ishlarini olib boramiz. Shu bois siz savdo ofislarimizga bemalol tashrif buyurishingiz, menejyerlarimizdan kerakli ma'lumot va tavsiyalar olishingiz hamda qulay shartlar asosida xonadon sohibiga aylanishingiz mumkin!

Assalom Sohil TJM savdo ofisi: Yashnobod tumani, Farg‘ona Yo‘li ko‘chasi.

Telefon: +998 78 888-55-88

Golden House markaziy savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3 uy.

Call-markaz: +998 78 150-11-11

Veb-sayt: assalomsohil.gh.uz

Facebook: fb.com/assalomsohiluz

Instagram: @assalom_sohil

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

 
Ko‘proq yangiliklar: