Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB O‘zbekiston tijorat banklariga kichik va o‘rta biznes loyihalari uchun qo‘shimcha moliyalashtirish taqdim etadi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: YeTTB
Joriy yilning 7 avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) vitse-prezidenti A.Pilou bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, YeTTB rahbariyati tomonidan O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishni sezilarli darajada oshirish strategik maqsad sifatida belgilangani ma'lum qilindi va shu sababli O‘zbekiston tijorat banklariga kichik va o‘rta biznes loyihalari uchun kredit liniyalari shaklida qo‘shimcha moliyalashtirishni taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston bank va energetika sohasidagi islohotlarni izchil amalga oshirishda Bank bilan hamkorlikning ahamiyati qayd etildi. Shu nuqtai nazardan respublikaning bir qator tijorat banklarida davlat ulushini xususiylashtirish, energetika sohasidagi davlat-aksiyadorlik kompaniyalarining korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, shuningdek, neft-gaz sanoatidagi islohotlar jarayonini boshlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar katta eksport salohiyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotining eng samarali tarmoqlaridan biri - to‘qimachilik sanoatidagi loyihalarni moliyalashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, YeTTBning “Markaziy Osiyoda ishbilarmon ayollar” maxsus dasturi orqali O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun moliyalashtirishni jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston bilan YeTTB o‘rtasidagi aniq yo‘nalishlar va loyihalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

17:41 / 14.07.2025
Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlandi

16:09 / 11.06.2025
Prezident ETTB, BAA va Lombardiya bilan hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qildi

20:19 / 17.01.2025
2024 yilda YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 1 milliard dollar sarmoya kiritdi

09:33 / 26.12.2024