«Manchester Siti» Ferran Torres transferini e'lon qildi

Sport 13:00 / 05.08.2020 3517

«Valensiya» yarimhimoyachisi Ferran Torres rasman «Manchester Siti» futbolchisiga aylandi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.

20 yoshli xavbek «shaharliklar» bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. 

Avvalroq «Manchester Siti» yarimhimoyachi uchun 27 mln yevro to‘lashi haqida aytilgandi. Bu qiymat bonuslar hisobiga ortishi ham mumkin.

Torres o‘tgan mavsumda La Ligada 34ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: