«Fulhem» APLga qaytdi

Sport 15:50 / 05.08.2020 4704

Chempionship jamoalari o‘rtasida Angliya Premer-ligasiga chiqish uchun o‘tkazilgan pley-off bahslari yakuniga yetdi. 

«Uembli»da o‘tgan finalda «Fulhem» va  «Brentford» to‘qnash kelishdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda Jo Brayan tomonidan kiritilgan to‘plar Skot Parker shogirdlarini APLga qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Chempionshipda birinchi va ikkinchi pog‘onalarni band etgan «Lids» hamda «Vest Bromvich» yuqori divizion yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

APLga chiqish uchun pley-off, final

Brentford – Fulhem 1:2
4 avgust, «Uembli»
Gollar: Dalsgord (120+4) – Jo Brayan (105, 117) 
Brentford: Rayya, Yansson, Pinnok, Genri (Fosu, 106), Dalsgord, Mbemo (Markondes, 61), Nergor, Benrahma, Da Silva (Kanos, 84), Uotkins, Yyensen (Darvisho‘g‘li, 105+1).
Fulhem: Rodak, Brayan, Odoi (Kristi, 110), Rim, Hektor, Kebano (Nokert, 81), Kerni, Rid H, Onoma (Le Marshan, 110), Rid B (Mitrovich, 90+2), Kamara (Kavaleyru, 105+1).
Ogohlantirishlar: Rid H (29), Kirni (67), Yyensen (88), Ektor (98), Nokert (102), Onoma (103), Nyorgor (104), Mitrovich (105), Kavaleyru (120+2), Rodak (120+4).

Ko‘proq yangiliklar: