APLda yangi mavsum boshlanmoqda. Kuchli to‘rtlikda o‘zgarishlar bo‘ladimi?

Sport 22:13 / 16.08.2024 4816

Bugun, 16 avgust kuni Angliya Premer-ligasida yangi mavsum boshlanadi – Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da «MYu» «Fulhem»ni qabul qiladi. Mavsumda intriga yetarlicha. Mikel Arteta va Pep Gvardiolaning qatorasiga uchinchi qarama-qarshiligi, «Liverpul»da Yurgen Kloppsiz hayot, «Chelsi» nomidagi xaos, yana bir qiziqarli intriga esa – Chempionshipdan chiqqan delegatlardan birortasi ligada qolish-qolmasligi bo‘yicha (o‘tgan mavsumda uchala jamoa ham quyi ligaga ravona bo‘lgandi).

«Manchester Siti»
Transfer xarajatlari: 25 mln yevro
Sotuvdan daromad: 116 mln yevro

Pep Gvardiolaning shartnomasi muddati 2025 yil yoziga qadar tuzilgan, shu tufayli muxlislar «Siti»dan kamida yana bitta kuchli mavsum kutishi mumkin. Startda jamoa mexanizmida yana biroz muammolar kuzatilishi ehtimoli bor (hozircha asosiy tarkib futbolchilarining barchasi ham maydonga tushishga tayyor emas), ammo bahorga borib bu jamoa dahshatli sur’atda harakatlanib, ligadagi har qanday intrigani o‘ldira oladi. So‘nggi mavsumlarda ayni shu holat takrorlanmoqda.

Jamoa Xulian Alvares bilan xayrlashdi, argentinalik hujumchi 75 mln yevro evaziga «Atletiko»ga o‘tdi. Jamoa farm klublari tizimidan Savio yetishib chiqdi – «Trua» ushbu 20 yoshli braziliyalik vinger uchun 25 mln yevro ishlab oldi. U o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida «Jirona» safida ijara asosida o‘ynab, gol va pas tizimida 9+10 natijasini qayd etgandi. U yangi jamoasida Jyeremi Doku va Jyek Grilishga raqobat ko‘rsatadi.

Jamoaning qolgan chiziqlarida deyarli o‘zgarishlar yo‘q. Erling Holand gollarni qalashtirishga tayyor, Fil Foden jamoaning yangi yetakchisi sifatidagi rolini mustahkamlash yo‘lida. U keksayayotgan Kevin De Bryuyne va Kayl Uokerning o‘rnini egallashi mumkin.

Jamoa yangi mavsumdagi ilk sovrinni qo‘lga kiritib ulgurdi – Angliya Superkubogi uchun bahsda «MYu» penaltilar seriyasida mag‘lub etildi. Ammo yomon xabar ham bor – yozdagi yig‘inlarning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Oskar Bobb jarohat oldi va uch-to‘rt oy muddatga safdan chiqdi.

Mavsumoldi yig‘ini

«Siti» — «Seltik» — 3:4 – Bobb (O’Rayli), Perrone (Bobb), Holand (Bobb)
«Siti» — «Milan» – 2:3 — Holand (Bobb), Makeyti (Hemilton)
«Siti» — «Barselona» – 2:2 — O’Rayli (Gvardiol), Grilish (Kovachich)
«Siti» — «Chelsi» – 4:2 — Holand, Holand, Holand (Makeyti), Bobb (Makeyti)

«Arsenal»
Transfer xarajatlari: 76,9 mln yevro
Sotuvdan daromad: 31,8 mln yevro

«Arsenal» o‘tgan mavsumda ijara asosida o‘ynagan David Rayyaning transfer huquqini «Brentford»dan to‘liq sotib oldi (31,9 mln yevro) va «Bolonya»ning asosiy himoyachisi va Yevro-2024 turnirining asosiy yulduzlaridan birini transfer qildi. Rikkardo Kalafiori – himoya markazida ham, chap qanotda ham o‘ynay oladigan futbolchidir. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, londonliklar «Real Sosiyedad»dan Mikel Merinoni ham transfer qilish arafasida – ushbu havbek Yevropa chempionatida Germaniyaga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida g‘alaba golini urgandi.

Artetada yana bir kuchli mavsum uchun energiya yetarlimi? Agar ha bo‘lsa, muxlislar bu mavsumda ham metin mudofaa, xavfli standartlar, Martin Edegor va Bukayo Sakaning sehrli harakatlari, shuningdek Kay Haversning markaziy forvard sifatidagi rolida yanada o‘sishiga guvoh bo‘lishadi. Hujumning chap qanotida bu mavsumda ham Leandro Trossar va Gabriel Martinelli o‘rtasida jiddiy raqobat kechishi kutilmoqda. Shuningdek, og‘ir jarohatdan tuzalib qaytgan Yurriyen Timber asosiy tarkib uchun kurashadi.

Jamoani Emil Smit-Rou tark etgan. «Arsenal» tarbiyalanuvchisi jarohatlardan aziyat chekib, asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi, endi u o‘z imkoniyatini «Fulhem»da sinab ko‘radi.

Mavsumoldi yig‘ini

«Arsenal» — «Leyton Oriyent» – 2:0 — Jyezus (Nketia), Smit-Rou (Jyezus)
«Arsenal» — «Bornmut» – 1:1 — Fabiu Viyeyra (Nvaneri)
«Arsenal» — «MYu» – 2:1 — Jyezus (Nvaneri), Martinelli (Lyuis-Skelli)
«Arsenal» — «Liverpul» – 1:2 — Havers (Edegor)
«Arsenal» — «Bayyer» – 4:1 — Zinchenko (Havers), Trossar (Havers), Jyezus, Havers
«Arsenal» — «Lion» – 2:0 — Saliba (Rays), Gabriel (Rays)

«Liverpul»
Transfer xarajatlari: € 0 mln
Sotuvdan daromad: € 23,4 mln

Hozircha Arne Slot (Yurgen Kloppning vorisi AZ va «Feyyenoord» klublarida muvaffaqiyatli ishlagandi) o‘zini ancha kamtar tutmoqda. «Liverpul» o‘tgan yil yozida yarimhimoya chizig‘idagi qayta qurish uchun 170 mln yevro sarflab yuborgandi, shu tufayli bu yozda yangi bosh murabbiy bilan transferlar bozorida faollik ko‘rsatmayapti.

Klub «Real Sosedad» yarimhimoyachisi Martin Subimendini sotib olishga yaqin edi, ammo ispaniyalik futbolchi oxirgi pallada mersisaydliklar safiga o‘tishdan bosh tortdi (xabarlarga ko‘ra, uni Arteta keyingi yil yozida «Arsenal»ga o‘tishga ko‘ndirgan). Hozirda Yevro-2024 turnirida porlagan Georgiy Mamardashvili «Valensiya»dan sotib olinib, bir mavsumga «Bornmut»ga ijaraga berilishi haqida xabarlar chiqmoqda.

Slot futbolchilarni individual rivojlantirish mahorati bilan tanilgan, u ichki zaxiralarga ko‘proq tayanadi. Mavsumlar oralig‘idagi yig‘inlarda ko‘plab yosh futbolchilarga imkon berildi. Masalan, Fabiu Karvalyu shu qadar yorqin o‘yin ko‘rsatdiki («Arsenal» va «MYu» darvozalarini ishg‘ol etdi), «Brentford» darhol uning uchun 23,4 mln yevro to‘ladi. Yosh markaziy himoyachi Jarrel Kuansa asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishga tayyor. Shuningdek, Harvi Elliott ham o‘zini yaxshi ko‘rsatdi.

Uslub borasidagi o‘zgarishlar sifatida esa «Liverpul» tezkor vertikal hujumlar sonini qisqartirgani va endi to‘p nazoratiga ko‘proq e’tibor qaratayotganini aytish mumkin. Pressing tuzilmasi ham biroz o‘zgargan. «Bu a’lo darajadagi, gollandcha uslub. Ko‘proq egalik, ko‘proq nazorat», – deya o‘z fikrlarini bildirgan Elliott.

Diogu Jota mavsumga yuqori formada yetib kelmoqda – u mavsumlar oralig‘idagi o‘yinlarda «gol+pas» tizimida 1+3 ochko jamg‘ardi. Asosiy intriga – Slot Darvin Nunesning vaziyatlardan foydalanish borasidagi kamchiliklarini tuzata oladimi? Nima bo‘lganda ham mutaxassisga oson bo‘lmaydi, «Liverpul»da tayanch zonasida muammolar bor.

Mavsumoldi yig‘ini

«Liverpul» — «Preston» — 0:1
«Liverpul» — «Betis» – 1:0 — Soboslai (Saloh)
«Liverpul» — «Arsenal» – 2:1 — Saloh (Elliott), Fabiu Karvalyu (Elliott)
«Liverpul» — «MYu» – 3:0 — Fabiu Karvalyu (Jota), Jons (Saloh), Tsimikas (Jota)
«Liverpul» — «Sevilya» – 4:1 — Jota (Aleksander-Arnold), Dias (Jota), Dias (Soboslai), Nioni
«Liverpul» — «Las-Palmas» — 0:0

«Aston Villa»
Transfer xarajatlari: € 176,2 mln
Sotuvdan daromad: € 127,4 mln

Transferlar bozoridagi eng faol klub. «Yuventus»ga yo‘l olgan tayanch yarimhimoyachisi Duglas Luis (€ 51,5 mln) o‘rniga «Everton»dan Amadu Onana (€ 59,35 mln) olib kelindi. Vingerlarga katta pul tikildi – bu xaridlardan Jyeyden Bideys Filogen qiziq variant bo‘lib ko‘rinmoqda, «Aston Villa» o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarib oldi, u «Hall» safida Chempionshipda kuchli mavsum o‘tkazgandi (12+6). Jamoada hatto 30 yoshli Ross Barkliga ham joy topildi (€ 5,9 mln) – o‘tgan mavsumda u «Luton» safida ikkinchi yoshligini boshlagan va pleymeyker sifatidagi qobiliyatini namoyish etgandi. Shuningdek, «Chelsi» futbolchisi, o‘tgan mavsumni «Borussiya»da o‘tkazgan Yan Matsen 44,5 mln yevroga  sotib olindi.

Mussa Diabi esa Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga 60 mln yevroga pullandi.

O‘tgan mavsumda «Aston Villa» bir bosh baland sakrab, mavjud tarkibidan maksimum natija chiqargandi. Endi jamoani Chempionlar ligasidagi bahslar ham kutmoqda. Umuman olganda, Unai Emeri bir necha frontda jang olib borish uchun keng tarkib tuzishga erishdi, ammo jamoa natijalari ko‘p jihatdan Olli Uotkins bu mavsumda ham o‘tgan mavsumdagi formasini namoyish etishiga bog‘liq, o‘tgan mavsumdagi muhim futbolchi Duglas Luis esa ketgan.

Yevrodan keyin ta’tilga chiqib ketgan Uotkins yo‘qligida boshqa bir forvard Morgan Rodjyers mavsumoldi yig‘ini o‘yinlarida gol va pas bo‘yicha 3+2 natijasini qayd etdi.

Mavsumoldi yig‘ini

«Aston Villa» — «Uolsoll» – 3:0 — Rodjyers, Rodjyers (Barkli), Barri (Ayling)
«Aston Villa» — «Spartak» Trnava – 3:0 — Beyli, Rodjyers (Yang), Archer (Rodjyers)
«Aston Villa» — «Kolambus Kryu» – 1:4 — Archer (Beyli)
«Aston Villa» — «Leypsig» — 0:2
«Aston Villa» — «Amerika» — 0:1
«Aston Villa» — «Atletik Bilbao» – 3:2 — Remzi (Tilemans), Baydeys Filogen (Rodjyers), Archer (Buendiya)
«Aston Villa» — «Borussiya D» — 0:2

«Tottenhem»
Transfer xarajatlari: € 119,5 mln
Sotuvdan daromad: € 26,8 mln

Angelos Posteko‘g‘li bilan ikkinchi mavsum. Birinchisi jamoani yaxshi tomonga o‘zgartirdi, ammo muammolar ham yo‘q emas. Yozda klub bu muammolardan birini hal qildi – nihoyat Harri Keyn o‘rniga markaziy hujumchi olib kelindi. «Bornmut» Dominik Solanke uchun (o‘tgan mavsumda 19+3 ko‘rsatkich qayd etgan) 64,3 mln yevro ishlab oldi.

Shuningdek, kelajak uchun «Lids»dan 18 yoshli Archi Grey (€ 41,25 mln) va «Yurgorden»dan Lukas Bergvall (€ 10 mln) xarid qilindi. Shuningdek, Erik Dayyer, Emerson Royal, Jo Rodon, Tangi Ndombele va boshqa futbolchilar bilan xayrlashildi, bu orqali maoshlar vedomosti ham yengillashdi. Piyer-Emil Hyoyberg esa «Marsel»ga ijaraga berildi.

«Tottenhem»da ko‘p narsa Son Xin Min va Jyeyms Meddison qanday formada bo‘lishiga bog‘liq – ular yuqori formada ekanida «shporlar» Angliyaning eng yorqin jamoasiga aylanadi. Solanke sotib olingani ham o‘yin tuzilmasidagi rivojlanish uchun yaxshi qaror bo‘ldi, u har qanday rejimda gol ura oladigan «to‘qqizlik»dir.

Mavsumlar oralig‘idagi o‘yinlarda Pedro Porro ikkita gol urdi. Ispaniyalik himoyachi juda samarador futbolchi, u o‘tgan mavsumda 3+7 natijasiga erishgan. Yozda Deyan Kulushevski ham yaxshi holatda ekanini namoyish etdi – u o‘rtoqlik o‘yinlarida 3+3 ko‘rsatkichini qayd etgan.

Mavsumoldi yig‘ini

«Tottenhem» — «Hars» – 5:1 — Jonson (Meddison), Lankshir (Spens), Mur (Bergvall), Spens (Verner), avtogol
«Tottenhem» — «KPR» – 2:0 — Bissuma (Kulushevski), Skarlett (Mur)
«Tottenhem» — «Vissel Kobe» – 3:2 — Porro (Kulushevski), Son (Jonson), Mur (Donli)
«Tottenhem» — Janubiy Koreya chempionati jamoasi – 4:3 — Kulushevski (Son), Son (Donli), Son (Kulushevski), Lankshir (Verner)
«Tottenhem» — «Bavariya» – 1:2 — Porro (Bissuma)
«Tottenhem» — «Bavariya» – 2:3 — Kulushevski, Kulushevski (Bergvall)

«Chelsi»
Transfer xarajatlari: € 189 mln
Sotuvdan daromad: € 101 mln

Jamoa bu mavsumni ham yangi murabbiy bilan boshlamoqda – Maurisio Pochettino Tedd Bouli bilan chiqisha olmadi, uning o‘rniga «Lester»ni yuqori ligaga qaytargan Enso Maresku olib kelindi.

«Ko‘klar» transferlar bozorida odatdagidek hech qanday taktikasiz o‘ta faol bo‘lishdi. «Boka Xuniors»dan 16,5 mln yevroga 19 yoshli Aaron Anselmino sotib olinganini deyarli hech kim tushungani yo‘q. Ammo jamoada o‘yin sifatini yaxshilashga qaratilgan transferlar ham bo‘ldi. Masalan, «Vulverhempton»dan 60 mln yevroga Pedru Netu xarid qilindi – u APLdagi eng xavfli vingerlardan biridir, agar jarohatlardan aziyat chekmasa, yangi mavsumda u jamoa yetakchilaridan biriga aylana oladi. Yoki Kirman Dyusberi-Hollni (€ 35,4 mln) e’tirof etish mumkin – u raqib futbolchilari orasidan kesib o‘tuvchi uzatmalar berishda mohir futbolchi, u chempionshipda Mareski qo‘l ostida 12+14 natijasini qayd etgan.

Shu bilan birgalikda, klub o‘z tarbiyalanuvchilarining bir qismini pulladi. Konor Gallaher «Atletiko»ga o‘tishi kutilmoqda – «Chelsi» uni moliyaviy feyr-pleyga amal qilish uchun sotmoqda. Klub shuningdek Matsen, Lyuis Holl va Omari Hatchinson kabi futbolchilariga javob berdi.

Mareska to‘pga uzoq vaqt davomida egalik qilishni va intensiv pressingni yoqtiradi. Unda «Chelsi»da navbatdagi qayta qurishni amalga oshirish uchun yetarlicha vaqt bo‘lmadi, shu tufayli murabbiy maksimal darajada bosim ostida ishlamoqda. Ammo ijobiy xabarlar ham bor – Kristofer Nkunku hozircha jarohat olmayapti, u o‘rtoqlik o‘yinlarida 3+1 natija qayd etdi (Noni Maduekeda ham shuncha). Qolaversa, o‘tgan mavsumni to‘liq o‘tkazib yuborgan Romeo Lavia safga qaytgan.

«Chelsi» – Pochettino boshqaruvida bahorga kelibgina to‘g‘ri ishlaydigan mexanizmni yo‘lga qo‘yib olgandi, ammo endi barchasini qaytadan boshlashga to‘g‘ri keladi.

Mavsumoldi yig‘ini

«Chelsi» — «Reksem» – 2:2 — Nkunku (Giu), Ugochukvu (Broya)
«Chelsi» — «Seltik» – 1:4 — Nkunku (Sterling)
«Chelsi» — «Amerika» – 3:0 — Nkunku (Lavia), Giu (Dyusberi-Xoll), Madueke (Nkunku)
«Chelsi»» — «Man Siti» – 2:4 — Sterling (Madueke), Madueke (Lavia)
«Chelsi» — «Real» – 1:2 — Madueke (Fernandes)
«Chelsi» — «Inter» – 1:1 — Ugochukvu

«Nyukasl»
Transfer xarajatlari: € 68,20 mln
Sotuvdan daromad: € 76,2 mln

Eddi Hau Angliya milliy jamoasida Garet Sautgeyt o‘rnini egallashi kutilgandi, ammo u hamon «Nyukasl»da qolmoqda. Jamoa bu yozdagi eng g‘alati almashuvni amalga oshirdi – Elliot Anderson 41,2 mln yevro evaziga «Nottinghem Forest»ga yo‘l oldi, darvozabon Odisseas Vlaxodimos esa 23,6 mln yevro evaziga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi. Bu transfer katta ehtimol bilan moliyaviy feyr-pley bo‘yicha vaziyatni yaxshilash uchun qilingan. «Nyukasl»da hozirda katta pullar sarflash imkoniyati yo‘q (o‘tgan ikki yil davomida katta xarajatlar qilib bo‘lingan). Shu tufayli, hozircha Lyuis Holl (mudofaaning chap qanoti) va Uilyam Osulani («Sheffild Yunayted»dan) sotib olish bilan cheklanishdi. Shuningdek, markaziy himoyachi Lloyd Kelli va darvozabon Jon Raddi erkin agent sifatida kelishdi.

Vinger Yankuba Minte esa «Feyyenoord»dagi yaxshi mavsumdan keyin (10+6) 41,2 mln yevro evaziga «Brayton»ga sotildi.

«Nyukasl» o‘tgan mavsumda jarohatlar tufayli qiynalgandi. Jamoa optimal tarkibda to‘purar Aleksander Isak (u ham o‘tgan mavsumda jarohatlar tufayli barcha o‘yinlarda qatnasha olmadi) hamda pleymeyker Bruno Gimarayns bilan kuchli va tajovuzkor raqibga aylanadi. Shuningdek, Entoni Gordon, Joelinton va Tino Livramento ham kuchli mavsum o‘tkazishi kutilmoqda.

Mavsumlar oralig‘ida 5+2 natija qayd etgan Jyeykob Myorfi – hujumning o‘ng qanotida boshlang‘ich tarkibda tushish uchun haqli o‘yin ko‘rsatdi.

Mavsumoldi yig‘ini

«Nyukasl» — «Unterhahing» – 3:1 — Barns, Myorfi (Barns), Isak
«Nyukasl» — «Hall Siti» – 2:0 — Isak (Myorfi), Myorfi (Mayli)
«Nyukasl» — «Urava Red Daymonds» – 4:1 — Isak, Myorfi (Uillok), Myorfi (Mayli), Holl (Myorfi)
«Nyukasl» — «Iokogama F. Marinos» — 0:2
«Nyukasl» — «Jirona» – 4:0 — Longstaff, Longstaff (Livramento), Myorfi (Holl), Gordon (Isak)
«Nyukasl» — «Brest» – 1:0 — Barns (Kelli)

«Manchester Yunayted»
Transfer xarajatlari: € 164,5 mln
Sotuvdan daromad: € 60,1 mln

Erik ten Hag o‘tgan mavsumda Angliya Kubogidagi g‘alaba tufayli (finalda «Siti» mag‘lub etilgandi – 2:1) omon qolgan va yangi rahbariyat qo‘lloviga ega bo‘lgandi. Murabbiylar shtabi yangilandi (masalan, «MYu»ga Ruud van Nistelroy qaytdi), klub ichidagi menejment o‘zgardi. «Ayaks»ning Angliyadagi namunasini qurish davom ettirilmoqda –«Bavariya»dan Matteys de Ligt va Nussayr Mazraviy keldi. Yana ikkita jiddiy transfer amalga oshirildi – «Lill»dan 18 yoshli markaziy himoyachi Leni Yoro (jarohat olishga ham ulgurdi) va «Bolonya»dan 23 yoshli forvard Joshua Zirkzeye.

Meyson Grinvud («Marsel») va Aaron Van-Bissaka («Vest Hem») bilan uzil-kesil xayrlashildi. Shuningdek, klubni Rafael Varan, Antoni Marsiyal va Sofyan Amrabat tark etdi.  Villi Kambvala «Vilyarreal»ga, Alvaro Karreras «Benfika»ga sotilishi xazinaga 16 mln yevro keltirdi. Donni van de Bek uchun «Jirona» 500 ming yevro to‘ladi (u 2020 yilda «Ayaks»dan 39 mln yevroga sotib olingandi).

«MYu»da hozirdan jarohatlar muammosi boshlangan. Rasmus Hoylund mavsum startini o‘tkazib yuboradi. Kazemironing yoshi o‘tmoqda, Markus Reshfordda ruhiy muammolar bor, mudofaaning chap qanotida ishlar pachava (Lyuk Shou va Tirell Malasia doimgidek jarohatda).

Ijobiy xabar – Amada Diallo yozda yorqin o‘yin ko‘rsatdi, u o‘rtoqlik uchrashuvlarida 2+1 natijasiga erishdi. De Ligt va Mazraviyning kelishi klub muxlislariga umid bermoqda – ular ten Hag boshqaruvida faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlarni o‘tkazishgan.

Mavsumoldi yig‘ini

«MYu» — «Rusenborg» — 0:1
«MYu» — «Reyndjers» – 2:0 — Diallo (Maunt), Hyudjill (Oyyedele)
«MYu» — «Arsenal» – 1:2 — Hoylund (Reshford)
«MYu» — «Betis» – 3:2 — Reshford (Diallo), Diallo (Amass), Kazemiro (Reshford)
«MYu» — «Liverpul» — 0:3

«Vest Hem»
Transfer xarajatlari: € 144,4 mln
Sotuvdan daromad: € 44,75 mln

Xulen Lopetegi Devid Moyyes o‘rniga keldi va darhol qayta qurish boshladi. Texnik direktor Tim Shteydten qattiq ishlamoqda – Maks Kilman, Krisensio Sammervill, Luis Gilerme, Van-Bissaka va Gvido Rodriges olib kelindi. Bu futbolchilar himoya, tayanch zonasi, hujum qanotlarini kuchaytirdi. Jamoadagi asosiy xarid esa – Dortmundning «Borussiya» klubidan Niklas Fyullkrug olib kelinishi bo‘ldi. Ikkinchi qavatda to‘p uchun kurashda va vaziyatlarni yakunlashda kuchli bo‘lgan ushbu hujumchi «Vest Hem»da ko‘p yillardan buyon saqlanib qolayotgan «to‘qqizlik» muammosini hal etishi mumkin. Lopetegi tizimida qanotlardan uzatmalar ko‘p bo‘ladi – endi ularning manzili aniq.

Gvido Rodriges – La Ligadagi eng yaxshi stopperlardan biri edi. «Vest Hem»da tayanch zonasida Edson Alvaresning o‘zi kamlik qilayotgandi. Endi yarimhimoya markazi ishonchli ko‘rinmoqda.

Jarrod Bouen, Lukas Paketa va Muhammad Qudus tarkibda saqlab qolingan. Bu uchlikdan ko‘p narsa umid qilish mumkin. Ammo Deklan Rays va samarali vertikal futbol yo‘qligida Moyyes davridagi natijalarni kutish qiyin.

Mavsumoldi yig‘ini

«Vest Hem» — «Ferensvarosh» — 2:2 – Ings, Ager (Irving)
«Vest Hem» — «Dagenem end Redbridj» – 1:0 — Irving (Uord-Praus)
«Vest Hem» — «Vulverhempton» – 1:3 — Qudus (Ings)
«Vest Hem» — «Kristal Pelas» – 1:3 — Antonio
«Vest Hem» — «Selta» – 2:2 — Bouen (Paketa), Paketa (Bouen)

«Kristal Pelas»
Transfer xarajatlari: € 30 mln
Sotuvdan daromad: € 53,4 mln

Oliver Glasner o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida «Kristal Pelas»ni uch markaziy himoyachiga asoslangan sxemada o‘ynatdi va jamoani turnir jadvali o‘rtalariga olib chiqdi. Ammo yozda jamoani asosiy ijodkor futbolchi tark etdi – Maykl Olise «Bavariya»ga transfer qilindi.

«Marsel»dan Ismail Sarr (o‘ng qanot vingeri), «Betis»dan Shodi Riyoz (markaziy himoyachi) sotib olindi, yaponiyalik hujumkor havbek Daiti Kamada erkin agent sifatida keldi – Glasner «Ayntraxt»daligida u bilan ishlagan.

«Kristal Pelas» himoyasi Yoakim Andersen va Mark Gehiga ishonib topshirilgan. O‘ng lateral pozitsiyasida ham kuchli futbolchi bor – Daniel Munos. Olise ketganidan keyin hujum chizig‘idagi asosiy figura – Eberechi Eze bo‘ladi. Endi u oldingi chiziqda Jan-Filipp Matetani golli paslar bilan ta’minlashga mas’ul.

Mavsumoldi yig‘ini

«Kristal Pelas» — «Charlton» — 1:1 – Rak-Saki (Kamada)
«Kristal Pelas» — «Krouli Taun» – 6:3 — Eduar (Kamada), Rak-Saki (Eduar), Rak-Saki (Eduar), Kamada (Richards), Ayyu, Shlupp (Xyuz)
«Kristal Pelas» — «Vulverhempton» – 3:1 — Shlupp, Ayyu (Xenderson), Agbinon (Ayyu)
«Kristal Pelas» — «Vest Hem» – 3:1 — Mitchell, Shlupp (Ayyu), Eduar (Shlupp)
«Kristal Pelas» — «Nant» – 1:1 — Kamada (Mitchell)

«Brayton»
Transfer xarajatlari: € 121,5 mln
Sotuvdan daromad: € 34,29 mln

Noodatiy kartina – jamoaning bu yozdagi xarajatlari daromadidan ancha ko‘p bo‘ldi. O‘tgan mavsum startini kuchli boshlagan «Brayton»da ikkinchi davrada pasayish kuzatildi va Roberto De Dzerbi ketdi, endi italiyalik mutaxassis o‘rnida  31 yoshli germaniyalik Fabian Hyurseler ishlaydi, u 4-2-3-1 sxemasini saqlab qoldi.

Asosiy uch transfer:

– «Feyyenoord»dan Mats Viffer. Arne Slotning navbatdagi «tarbiyalanuvchisi» – u Dortmundning «Borussiya» klubiga ketgan Paskal Gros o‘rnini egallaydi. Bu jiddiy yo‘qotish bo‘ldi, ammo niderlandiyalik futbolchi ham maydon markazini yopa oladi.

– «Nyukasl»dan Yankuba Minte. U ham o‘tgan mavsumda Slot qo‘li ostida o‘ynagan. Hujumning o‘ng qanoti uchun opsiya. Mavsumlar oralig‘ida 3 gol va 2 pas muallifi bo‘ldi.

–  «Mayns»dan Brayan Gruda. U ham o‘ng qanot hujumchisi pozitsiyasida. 20 yoshli nemis maydonni yaxshi ko‘radi va autdan to‘pni uzoq masofaga yetkazib bera oladi.

«Brayton» o‘tgan mavsumda jarohatlar tufayli qiynaldi – busiz jamoada natijalar yaxshiroq bo‘lgan bo‘lardi. Hatto hozir ham lazaretda bir guruh futbolchilar joylashgan. Driblyor Kaoru Mitoma tuzalgan, ammo uning formasi hozircha oldingidek emas.

Mavsumoldi yig‘ini

«Brayton» — «Sheffild Uensdey» – 3:0 — neizvestno, kto zabil
«Brayton» — «Kasima Antlers» – 5:1 — Minte (Milner), Sarmiyento (Ueyr), Ayyari (Adingra), Koze-Dyuberri, Koze-Dyuberri (Buonanotte)
«Brayton» — «Tokio Verdi» – 4:2 — van Heke (Uelbek), Minte (Osman), Adingra (Buonanotte), Sarmiyento
«Brayton» — «KPR» – 1:0 — Uelbek (Minte)
«Brayton» — «Vilyarreal» – 4:0 — Joao Pedro (Mitoma), Uelbek (Minte), Minte (Mitoma), Uelbek

«Bornmut»
Transfer xarajatlari: € 67,37 mln
Sotuvdan daromad: € 66,09 mln

Andoni Iraola bilan ikkinchi mavsum – o‘tgan yil «Bornmut» yuqori pressing bilan o‘ynay boshlagan va bu ko‘plab futbolchilarning o‘yinini yaxshilagandi. Endi evolyutsiya xavf ostida – Dominik Solanke «Tottenhem»ga ketdi, uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi esa tarkibda yo‘q. Qolaversa, Tayler Adams tuzala olmayapti.

«Barselona»dan Xulian Arauxo sotib olindi, ammo jamoa o‘zagi o‘tgan yildagidek qolmoqda. Jamoadagi eng kuchli bo‘lim – Markos Senesi va Ilya Zabarniy o‘ynaydigan himoya markazidir. 20 yoshli xavbek Aleks Skott kashfiyot bo‘lishi mumkin – u maydon markazidan yorib kirishlari bilan ajralib turadi.

Hujum chizig‘idagi Jastin Klyuyvert — Antuan Semeno juftligiga ko‘p narsa bog‘liq. Ularning ikkisi o‘tgan mavsumda birgalikda 15 gol urishgan.

Mavsumoldi yig‘ini

«Bornmut» — «Reksem» – 1:1 — Senesi (Billing)
«Bornmut» — «Arsenal» — 1:1 – Semenio
«Bornmut» — «Rayo Vallekano» – 1:0 — Sinisterra
«Bornmut» — «Jirona» — 3:2 – Klyuyvert (Kristi), Sinisterra (Uattara), Jyebbison

«Fulhem»
Transfer xarajatlari: € 38,5 mln
Sotuvdan daromad: € 51 mln

«Fulhem» ikki asosiy futbolchisini yo‘qotdi. Markaziy himoyachi Tosin Adarabioyo shartnomasini uzaytirmadi va tekinga «Chelsi»ga ketdi. Tayanch yarimhimoyachisi Joau Palinya ikkinchi urinishda baribir «Bavariya»ga o‘tdi. Bu jiddiy yo‘qotish. Palinyasiz «Fulhem» o‘yini sifati tushib ketadi.

«Fulhem»da tarkib keng emasdi va endi bu muammo yanada chuqurlashdi. Klub yana ikki muhim futbolchi – Tim Rim va Villianni ham qo‘yib yubordi. Smit-Rou va Xorxe Kuenka («Vilyarreal»dan markaziy himoyachi) keldi, ammo bu yetarli emas.

O‘tgan yil yozida Aleksandr Mitrovich ketganidan keyin markaziy hujumchi pozitsiyasi to‘liq hal qilingani yo‘q. Raul Himenes va Rodrigo Munis barqaror emas.

Bu mavsumda Entoni Robinson va Aleks Ayuobidan yorqin o‘yinlar kutilmoqda.

Mavsumoldi yig‘ini

«Fulhem» — «KPR» – 4:0 — Himenes, Uilson (2), Traore
«Fulhem» — «Uotford» – 6:1 — Lukis (Munis), Munis (Ayuobi), Ayuobi (King), Himenes (Uilson), Stensfild (Himenes), Payaziti (Himenes)
«Fulhem» — «Benfika» – 1:0 — Ayuobi (Robinson)
«Fulhem» — «Sevilya» – 1:2 — Smit-Rou (Robinson)
«Fulhem» — «Hoffenhaym» – 3:3 — Uilson, Stensfild (2)
«Fulhem» — «Hoffenhaym» – 2:0 — Smit-Rou (Ayuobi), Traore (Ayuobi)

«Vulverhempton»
Transfer xarajatlari: € 33 mln
Sotuvdan daromad: € 107,5 mln

Mablag‘ borasidagi muammolar tufayli «Vulverhempton» tejamkorlik qilishga majbur. «Braga»dan Rodrigu Gomesh, Braziliyaning «Sport Resifi» klubidan Pedro Limu olib kelindi, shuningdek «Man Siti»dan Tommi Doyl sotib olindi. Shuningdek «Selta» forvardi Yyorgen Larsen (La ligada 13 gol urgan) ijaraga olindi.

Kilman va Netuning sotilishi klubga 100 mln yevrodan ortiq mablag‘ keltirdi. Shu bilan birga, «Vulverhempton» eng yaxshi markaziy himoyachisi va hujumdagi asosiy motorini yo‘qotdi. O‘tgan yili Gari O’Nil Lopetegi ketib qolganidan keyin shoshilinch olib kelingandi va jamoa o‘yinini qura oldi. 2023/2024 yillar mavsumining ikki qahramoni tarkibda qolgan: Hvang Hi Chhang va Mateus Kunya ikkisi o‘tgan mavsumda 24 gol urishgan. Ammo «Vulverhempton» yozda sifat jihatdan kuchaya olmadi va endi ligada qolish uchun kurashadi.

Joze Sa 2023/2024 yillar mavsumida seyvlar soni bo‘yicha liganing eng yaxshi besh darvozaboni safida bo‘lgandi (130 seyv, zarbalarning 73,4 foizini qaytargan), endi uning ishlari yanada ko‘proq bo‘ladi.

Mavsumoldi yig‘ini

«Vulverhempton» — «Komo» – 1:0 — Doerti (Ait-Nuri)
«Vulverhempton» — «Bristol Siti» – 3:0 — Kunya, Xvan Xi Chxan (Sarabiya), avtogol
«Vulverhempton» — «Vest Hem» – 3:1 — Kunya (Larsen), Gomesh, Gomesh (Lima)
«Vulverhempton» — «Kristal Pelas» – 1:3 — S. Bueno (Larsen)
«Vulverhempton» — «Leypsig» – 3:0 — avtogol, Sarabiya (Larsen), Gomesh (Xvan Xi Chxan)
«Vulverhempton» — «Rayo Vallekano» — 0:1

«Everton»
Transfer xarajatlari: € 50,2 mln
Sotuvdan daromad: € 83,15 mln

Mavsumoldi yig‘ini

«Everton» — «Slaygo Rovers» – 3:3 — Holgeyt (Shermiti), Shermiti (Harrison), Shermiti (Harrison)
«Everton» — «Salford» – 1:2 — Garner (Shermiti)
«Everton» — «Koventri» — 0:3
«Everton» — «Preston» – 3:0 — Kalvert-Lyuin, O’Brayyen (Kalvert-Lyuin), Lindstryom (Harrison)
«Everton» — «Roma» – 1:1 — Kalvert-Lyuin

«Brentford»
Transfer xarajatlari: € 56,4 mln
Sotuvdan daromad: € 32,50 mln

Mavsumoldi yig‘ini

«Brentford» — «Uimbldon» – 5:2 — Tiyago, Tiyago (Stivens), Vissa, Sheyd, Mbemo (Morgan)
«Brentford» — «Benfika» – 1:1 — Mbemo
«Brentford» — «Eshtrela» – 1:3 — Yyensen (Damsgor)
«Brentford» — «Uotford» – 1:1 — Sheyd (Trevitt)
«Brentford» — «Volfsburg» – 4:4 — Mbemo (Ayyer), Vissa (Yanelt), Yyensen (Mbemo), Sheyd (Damsgor)

«Nottinghem Forest»
Transfer xarajatlari: € 73,5 mln
Sotuvdan daromad: € 83,4 mln

Mavsumoldi yig‘ini

«Nottinghem Forest» — «Chesterfild» – 3:0 — Vud (Hadson-Odoi), Bouler, Sangare (Hadson-Odoi)
«Nottinghem Forest» — «Sanderlend» – 1:1 — Richards (Elanga)
«Nottinghem Forest» — «Milluol» – 2:1 — Vud (Dominges), Hadson-Odoi
«Nottinghem Forest» — «Elche» — 0:1
«Nottinghem Forest» — «Vilyarreal» — 0:0
«Nottinghem Forest» — «Olimpiakos» – 4:3 — Yyeyts (Vud), Yyeyts (Vud), Vud (Anderson), Elanga (Hadson-Odoi)

«Lester»
Transfer xarajatlari € 45,55 mln
Sotuvdan daromad: € 106,5 mln

Mavsumoldi yig‘ini

«Lester» — «Vilyarreal» – 2:1 — Vardi, Mavididi
«Lester» — «Shrusberi Taun» – 2:1 — Mavididi (Fatavu), Makatir (Jastin)
«Lester» — «Palermo» — 0:1
«Lester» — «Augsburg» — 0:1
«Lester» — «Lans» — 0:3

«Ipsvich»
Transfer xarajatlari: € 72,99 mln
Sotuvdan daromad: € 1,65 mln

Mavsumoldi yig‘ini

«Ipsvich» — «Shaxtyor» Donetsk – 1:0 — Morsi (Byorns)
«Ipsvich» — «Fortuna Dyusseldorf» – 1:2 — Harness (Chaplin)
«Ipsvich» — «Hoffenhaym» – 1:0 — Teylor (Hatchinson)
«Ipsvich» — «Nitssa» – 1:0 — Tuanzebe

«Sauthempton»
Transfer xarajatlari: € 63,15 mln
Sotuvdan daromad: € 11,59 mln

Mavsumoldi yig‘ini

«Sauthempton» — «Istli» – 7:1 — Armstrong (Aribo), Armstrong (Dibling), Smollboun (Dauns), Mara (Amo-Ameyo), Menning (Sugavara), Sugavara (Dibling), Alkaras (Amo-Ameyo)
«Sauthempton — «Bordo» – 3:2 — avtogol, Amo-Ameyo, Mara (Dibling)
«Sauthempton» — «Monpele» – 3:1 — Sulemana, Dibling (Edvards), Harvud-Bellis (Sugavara)
«Sauthempton» — «Oksford Yunayted» — 0:2
«Sauthempton» — «Miluoll» – 1:0 — Armstrong
«Sauthempton» — «Latsio» – 1:1 — Brereton (Alkaras)
«Sauthempton» — «Xetafe» — 0:0

Ko‘proq yangiliklar: