Mablag‘ kelasi ikki yil davomida test o‘tkazish tizimi, tashxislash va Covid-19 holatlariga reaksiya qilishni yaxshilash uchun ajratiladi. Bu haqida tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
«Covid-19 pandemiyasi rivojlanayotgan epidemiologik ssenariy va davolash usullari bilan favqulodda miqyos va xarakterga ega. Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining sifati, xavfsizlik standartlari, protokollari va xizmatlarini yaxshilash orqali mazkur loyiha O‘zbekiston aholisini Covid-19 va kelajakda salomatlikka ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan tahdidlardan himoya qilishga yordam beradi. Ushbu loyiha OTB tomonidan mamlakatga ajratilayotgan qo‘llab-quvvatlash kompleks paketining bir qismi hisobalanadi. U hukumatning inqirozga qarshi chora-tadbirlari va joriy texnik yordam uchun 500 million dollar miqdoridagi qarzni ham o‘z ichiga oladi», OTB vitse-prezidenti Shisin Chen.
Kengash ma'qullagan taqdirda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki mazkur loyiha uchun 100 million dollar miqdorida, O‘zbekiston hukumati esa yana 57 million dollar miqdorida mablag‘ ajratadi.
«Covid-19’ga tezkor reaksiya qilish» loyihasi mamlakat bo‘ylab 38ta laboratoriyalarda Covid-19 va u bilan bog‘liq kasalliklarga test olish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha doirasida tibbiyot xodimlari uchun xavfsiz ishlash sharoitlarini ta'minlash va ularni individual himoya va boshqa tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash uchun laboratoriyalar ta'mirlanadi.
80 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil qiluvchi tibbiyot xodimlari va kasallikni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan muassasa xodimlariga diagnostika xizmatlaridan foydalanishda ustuvorliklar taqdim etiladi.
Loyiha doirasida epidemiologik kuzatuv va Covid-19’ga reaksiya qilishning raqamli milliy tizimi yaratiladi. U ma'lumotlarni yosh va jinsga ajratgan holda taqdim etadi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari mazkur tizimdan foydalanish bo‘yicha o‘qitiladi. Bu esa O‘zbekistonga Covid-19 holatlarini aniqlash va kontaktlarni kuzatish, skrining, testdan o‘tkazish, yakkalash va mamlakat bo‘ylab tarqalishining oldini olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Loyiha tibbiy protokollarni ishlab chiqish va e'lon qilish, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining bemorlarni davolaydigan birlamchi bo‘g‘ini va shaxslarini o‘qitish, COVID-19 kasalligining potensial holatlarini aniqlash va ularga mos keluvchi tavsiyalarni taqdim etishda yordam beradi. Skrining va laboratoriyalarda namunalarni to‘plash va tashish billan bog‘liq jarayonlar kuchaytiriladi.
16ta Covid-19 davolash markazlari, jumladan, yuqumli kasalliklar bo‘yicha 14ta mintaqaviy kasalxonalar va ikkita milliy darajadagi kasalxonalar xodimlar tomonidan bemorlarga yanada yaxshi xizmat ko‘rsatish va bemorlarni yosh va jinsiga qarab ajratish uchun ta'mirlanadi. Covid-19’ni davolashga mo‘ljallangan markazlar sifatida intensiv davolashni kengaytirish va qo‘shimcha tez yordam avtomobillari bilan ta'minlagan holda ushbu kasalxonalardagi qurilmalar modernizatsiya qilinadi. Xodimlar infeksiyalarni profilaktika va nazorat qilish, xavfsizlik va bemorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitiladi.
«Covid-19’ga test topshirish va uni kuzatish tizimini yaxshilash, shuningdek, kelasi ikki yil davomida mamlakatdagi laboratoriya va kasalxonalarni asta-sekin yangilash orqali mazkur loyiha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga muhim sarmoyani taqdim etadi. Bu esa Covid-19’ga chalingan oddiy fuqarolar, jumladan ayollar uchun foydali bo‘ladi», dedi OTBning sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassisi Xiddo Xuitsing.
Loyihani amalga oshirish zudlik bilan boshlanadi va 2022 yilning iyul oyida yakunlanishi kerak. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi loyihani bajaruvchi organlar sanaladi.