Yevroittifoq yalpi ichki mahsuloti ikkinchi chorakda yillik ifodada 14,4 foizga pasaydi, deb ma'lum qildi Yevrostat statistika agentligi.
Yilning dastlabki uch oyida pasayish 3,6 foizni tashkil etgandi. Shu tarzda Yevropa iqtisodiyoti retsessiyaga kirdi.
Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha pasayish statistika yuritish boshlangan 1995 yildan buyon eng kuchlisi bo‘ldi.
Avvalroq Oxford Economics bosh eksperti Angel Talavera uchinchi chorakda Yevrohududda sezilarli iqtisodiy o‘sish bo‘lishi kutilayotganini aytgandi.
Yevrokomissiya iyuldagi hisobotida koronavirus pandemiyasi fonida Yevrohududning real yalpi ichki mahsuloti joriy yilda 8,7 foizga pasayishini taxmin qilgan.
Avvalroq AQSh yalpi ichki mahsuloti 2020 yilning 2-choragida 32,9 foizga qisqargani xabar qilingandi.