«Tumandagi 110/35/10 kVli «Jondor» nimstansiyasidagi 10 000 kVA quvvatga ega transformatorda qisqa tutashuv yuz bergani natijasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in FVVligi yordamida to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Shu o‘rinda yong‘in natijasida tumanning 50 dan ortiq mahalla iste'molchilari vaqtinchalik elektr energiyasiz qolgani, ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan hodisa oqibatida elektr jihozlariga keltirilgan zarar bartaraf etilib, elektr energiyasidan uzilgan hududlar to‘liq qayta tarmoqqa ulanganini ta'kidlab o‘tish joiz», deya jamiyat axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq 29 iyul kuni elektr stansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tumanning aksar qismi elektrsiz qolgani xabar berilgan edi.