Sotuvlarning 87,3 foizi - birja savdolari, 3,6 foizi - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 8,4 foizi - elektron davlat xaridlari va 0,6 foizi - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi o‘tgan haftaga nisbatan 1,2 foiz o‘sib, 408,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 20,0 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 975 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 7,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 4,3 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 20,2 foiz ikkinchi, 29,0 foiz uchinchi, 12,2 foiz to‘rtinchi, 13,3 foiz beshinchi va 21,0 foiz oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 957,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi.
O‘tgan haftada birja savdolariga 5 135,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 2 621,0 tonnasi, ya'ni 51,0 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 84 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10,7 mln so‘mdan 10,8 mln so‘mgacha, ya'ni 0,6 foizga o‘sdi. Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi mahsulotni bir tonnasi uchun 10 mln so‘mni tashkil etdi.
Hafta davomida birja savdolariga 2 714,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 528,0 tonnasi, ya'ni 19,4 foizi sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5,85 mln so‘mdan 5,81 mln so‘mgacha, ya'ni 0,5 foizga kamaydi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 0,1 foizga kamayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5,82 mln so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan haftada birja savdolariga 72 700,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 10 013,3 tonnasi, ya'ni 13,8 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 25 xaridor ishtirok etdi.
O‘tgan haftada benzinning boshlang‘ich narxi o‘rtacha 11,6 foizga pasaydi, shu sababli AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4,7 mln so‘mdan 4,2 mln so‘mgacha, ya'ni 10,9 foizga kamaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 4,6 mln so‘mni, AI-91 benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 4,1 foizga kamayib, benzinning bir tonnasi uchun 5,2 mln so‘mni tashkil etdi.