Farg‘onada kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Jamiyat 10:24 / 18.07.2020 5568

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 14 iyul kuni soat taxminan 18:00da Farg‘ona viloyati, Quvasoy - Marhamat chegara postida Lacetti rusumli avtomobil bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatilmoqchi bo‘lganida, haydovchi bo‘ysunmasdan, qochib ketgan.

Farg‘ona viloyati IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlikdagi tezkor chora-tadbirlar natijasida, shu kunning o‘zida, soat 21:10da Farg‘ona tumani Log‘on qishlog‘ining Rizo mahallasida haydovchi qo‘lga olingan. U faol qarshilik ko‘rsatishga uringan.

Shubhali avtomobil xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida jami 235 mln so‘mlik 560 dona konvalutadagi 7840 dona «Regapen 300 mg» nomli kuchli ta'sir qiluvchi dorilar borligi aniqlangan.

Bu holat yuzasidan Bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davomida qonuniy talablarga bo‘ysunmagan shaxs Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi 1997 y.t. O. A. ekanligi aniqlangan. Hozirgi vaqtda tergovga qadar surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: