Navoiyda xayriyalarni muvofiqlashtirish markazlarining call-center’lari ish boshladi

Jamiyat 17:27 / 17.07.2020 1273

«Ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish, karantin tufayli ishsiz, daromadsiz qolgan aholi vakillariga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida respublika miqyosida tashkil etilgan 1197 qisqa raqami ishlamoqda.

Bundan tashqari, har bir tumanda ham viloyat aholisining murojaatlarini qabul qilishga mo‘ljallangan call-markazlar ish boshladi. Markazlarda har kuni soat 9:00dan 17:00ga qadar murojaatlar qabul qilinadi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

Navoiy viloyatidagi call-markazlari:

  • Navoiy shahri: (79) 220 64 02;
  • Zarafshon shahri: (79) 573 00 22; 
  • Karmana tumani: (79) 532 15 04;
  • Konimex tumani: (79) 512 23 31;
  • Qiziltepa tumani: (79) 555 22 62;
  • Navbahor tumani: (79) 562 17 52;
  • Nurota tumani: (79) 523 14 86;
  • Tomdi tumani: (79) 582 12 95;
  • Uchquduq tumani: (79) 593 01 60;
  • Xatirchi tumani: (79) 544 28 55.

Bundan tashqari, hokimlik Navoiy viloyatidagi tibbiy muassasalarda ishlayotgan call-markazlar haqida ham ma'lumot bergan.

Ko‘proq yangiliklar: