Bizning Uylar Development kompaniyasi Yunusobod Business City’dagi ta'mirlangan xonadonlarni foydali shartlar bilan xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Manzara turar joy majmuasi xonadonlari tayyor sifatli ta'mirlangan, 45 dan 127 m² gacha maydonga ega. Majmua hududida 756 ta xonadonga ega to‘qqiz qavatli uylar bo‘lib, yopiq qo‘riqlanadigan hudud, bepul avtoturargoh, obodonlashtirilgan sayr joylari, bolalar va sport maydonchalari, shuningdek savdo binolari joylashgan. Bizning Uylar Development mazkur majmua joylashgan joyga e'tiboringizni qaratadi.
Manzara turar joy majmuasi poytaxt tumanlari orasida aholici ko‘pligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan Yunusobod tumanida, Toshkentning shimoliy qismida, Yunusobod Business City hududida joylashgan. Majmuani qurish uchun joyni tanlashda tabiatning shahar hayoti bilan uyg‘unligini yaratish asosiy maqsad qilib olingan. Yuqori qavatlardan tog‘larning go‘zal manzaralari va toza havo – bularning barchasidan majmuadan chiqmasdan turib bahra olishingiz mumkin.
Shuningdek, Bizning Uylar Development kompaniyasi uyingizga menejyerni chaqirtirib yoki Apelsin, Payme, Click ilovalari orqali pulni o‘tkazish kabi yangi foydali to‘lov shartlari bilan xonadon egasi bo‘lishni taklif qiladi.
Batafsil sotuv ofislarida.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi.
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlardan olishingiz mumkin: +99871 210-44-44
Instagram: @bizninguylar
Telegram: t.me/bizninguylar
Facebook: fb.com/bizninguylar
Sayt: www.bizninguylar.uz
Reklama huquqi asosida