Dasturxonga yashirilgan 235 million so‘mlik dorilar fosh etildi

Jamiyat 20:32 / 16.07.2020 9233

Tezkor tadbir davomida, fuqaro I.D. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli yengil avtomashina kuzatuvga olindi.

Shundan so‘ng, Quva hududida ushbu avtomashina to‘xtaganida, fuqaro A.X. qo‘lidagi dasturxonga o‘ralgan savat bilan avtomashina yoniga borib, avtomashinadan uzatilgan 1 dona qog‘oz qutini dasturxoni orasiga solganida tezkor guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. 

Tekshiruv davomida, ushbu savatdagi qog‘oz qutida umumiy qiymati 

235,2 million so‘mlik jami 7840 dona “Regapen 300mg” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: