«Har bir oila – tadbirkor» dasturiga yana salkam 100 mln dollar ajratildi

Iqtisodiyot 19:52 / 14.07.2020 11001

«Har bir oila – tadbirkor» dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4782-son, 14.07.2020 y.) qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qarorga asosan pandemiya sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan oilalarning bandligini ta'minlash orqali ularga daromad manbayini yaratish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi uchun qo‘shimcha ravishda 98 mln dollar:

  • «Agrobank» ATBga – 40 mln dollar;
  • AT Xalq bankiga – 30 mln dollar;
  • «Mikrokreditbank» ATBga – 28 mln dollar ekvivalentida mablag‘lar ajratiladi.

Ma'lumot uchun, ushbu dasturga shu yilning may oyida ham 100 mln dollar yo‘naltirilgan edi.

14 iyuldagi qaror bilan, Namangan viloyati hokimligiga 50 mln dollar ajratiladigan bo‘ldi. Mablag‘lar viloyatdagi kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga 2 mln dollar ajratilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: