«13 iyul kuni soat 00-25 da Yozyovon tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan choyxona, savdo do‘konlari, chevarxona hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida jami 200 kv.m yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada do‘konlarning ichki va tom qismi yongan.
Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 00:30 da yetib borib, 00-50 da o‘rab olinib, 02-00 da batamom o‘chirilgan hamda yong‘inga tutash boshqa binolar saqlab qolingan. Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan. Yong‘indan 800 kv.m maydon saqlab qolingan», deya FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Murod Sodiqovning qo‘shimcha qilishicha, yong‘in natijasida 4ta maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 4 ta chevarxona, 3 ta savdo do‘koni, 1 ta choyxona va 1 ta somsaxona yongan. FVV mulozimi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim videolarda aytilganidek, 13ta obektga tutash bo‘lgan masjid yong‘indan deyarli talafot ko‘rmaganini ta'kidladi.
«Ayni paytda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.