O‘n yoshli qiziga qo‘shilib, uning dardi bilan kurashayotgan ona: “O‘kirib-o‘kirib yig‘lagim keladi, ammo...”

Jamiyat 19:30 / 13.07.2020 17087

– 2017 yilda qizim Shodiyabegimning holati kutilmaganda og‘irlashib qoldi, – deydi T.Tojiyeva. – Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida o‘tkir limfoblasli leykoz tashxisini qo‘yishdi. Sodda til bilan aytganda, shifokorlar qizimning “oqqon” bo‘lganini ma'lum qildi. Dastlab tushkunlikka tushmadik, butunlay sog‘ayib ketishi uchun muntazam davolatib turdik. Ammo ma'lum vaqt o‘rgandan so‘ng qizimning ahvoli yanada yomonlashgani ma'lum bo‘ldi. Xastalik asorati ortib, ko‘zning to‘r pardasi joyidan ko‘chibdi. Natijada, o‘ng ko‘zi butunlay ko‘rmay qoldi.

“Insonning bolasi og‘rib tursa, ko‘ziga hech narsa ham ko‘rinmas ekan. Noshukurchilik bo‘lmasin-u, topganimiz qizimning davolanishi uchun ketyapti. Avvaliga qarindoshlarimiz qarashib turdi, baraka topishsin. Ammo hammaning ham o‘z tashvishi, ro‘zg‘ori bor. So‘nggi paytlarda juda qiynalib qoldik” deydi Tanzila opa.

RlpRa3upya1UMsH7EUcekYG39H0qEqWR.jpg (1280×960)

Shodiyabegimni yo‘qlab borganimizda, u ayni vaqtda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi gematologiya bo‘limida leykoz xastaligi uchun navbatdagi muolajalarini olayotgan ekan. Shuning barobarida, xastalik ikkinchi ko‘ziga ham salbiy ta'sir qila boshlabdi. Biz Tanzila opa bilan Samarqand shahridagi ko‘z kasalliklari bo‘yicha xususiy shifoxonada suhbatlashdik. Bildikki, Shodiyabegim navbatdagi ko‘z operatsiyasiga tayyorlanib turgan ekan.

TP8bDZNrr9VpqPg59z9pUgzq9fb3j0aY.jpg (1280×926)

– O‘kirib-o‘kirib yig‘lagim keladi, ammo bunga haqqim yo‘q, – deydi Tanzila opa. – Qizim og‘ir xastalik bilan kurashyapti, men esa bu dardni butun vujudim bilan his etyapman. Shodiyabegimning ruhi sinmasligi uchun ham yig‘lamasligim kerak, u hamma narsani tushunib qoldi...

Shodiyabegim leykoz xastaligidan davolanishi uchun zarur bo‘lgan 50 million so‘m mablag‘ hozir bu oilada yo‘q. Shu sababli saxovatli insonlar ko‘magiga muhtojlik sezishmoqda. Yaxshilik qiling, ajrini oling!

Plastik karta raqami:

8600 0423 8224 0876 (Agrobank, amakisi Alisher Tojiyev nomida)

9860 0303 2043 0504 (Humo, amakisi Alisher Tojiyev nomida)

Sberbankdan ochilgan plastik karta:

5336 6900 0166 4756

Telefon: +998932351214

Ko‘proq yangiliklar: