TDIU qoshida Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ilmiy ko‘mak markazi ochilmoqda

Jamiyat 09:00 / 12.07.2020 3192

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikka qulay muhit yaratish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarni hayotga izchil tatbiq etish maqsadida Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ilmiy ko‘mak markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Markaz oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari yoki iqtidorli yoshlarning g‘oyalarini rivojlantirish, biznes rejalar tuzish, ularni moliyalashtirish manbalari bilan ta'minlash, hujjat yuritish, soliq idoralari bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishga yordam qiladi.

Mazkur markaz hozirgi murakkab sharoitda yoshlarning o‘z-o‘zini band qilishga qaratilgan tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyat olib boradi. Bu jarayonga universitetning malakali professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar va yosh olimlar jalb qilinadi. Ular tomonidan ilmiy asoslangan va amaliyotga real tatbiq etish mumkin bo‘lgan g‘oyalar asosida biznes rejalar tuziladi. Yoshlarning biznes tashabbuslari, startap, g‘oya va loyihalarini amalga oshirish uchun maydon tashkil etiladi.

Maxsus kurslarda tahsil olgan tinglovchilar o‘z g‘oyalari asosida tashkil etiladigan tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, faoliyatga investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha ko‘mak olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu maqsad uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorlari tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar jalb qilinadi.

O‘quv dasturi nazariy ma'ruzalar, tajribali tadbirkorlar va biznes mutaxassislarining seminarlari, shuningdek amaliy topshiriqlar, muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarda amaliyot o‘tashni o‘z ichiga oladi va xizmatlar bepul amalga oshiriladi.

O‘quv dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

·       Biznes g‘oya va uning istiqbolini baholash;

·       Bozor tadqiqotlari va biznes g‘oyaning strategiyasi;

·       Ijodiy tadbirkorlik va innovatsion dizayn;

·       Inqirozlarni boshqarish: samarali boshqaruv vositalari;

·       Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning huquqiy jihatlari;

·       Moliyaviy menejment va moliyaviy savodxonlik;

·       Tadbirkorlik sub'yektlariga soliq solish;

·       Kadrlar bilan ta'minlash;

·       Qadoqlash va markalash. Marketing kommunikatsiyalari;

·       Qiymat taklifini yaratish.

Nafaqat yoshlar, balki ishtirok etish va yangi maqsadlarga erishishni istagan barcha fuqarolar kurslarda ta'lim olishi mumkin.

Loyihada ishtirok etish istagini bildirganlardan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Biznes va logista kafedrasi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi va «Young Entrepreneurs Generator» biznes inkubatoriga murojaat qilishlari so‘raladi.

O‘quv kursi dasturi

1-bo‘lim

1. Tadbirkorlik tushunchasi va mohiyati. (turlari va shakllari)

2. Biznes faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asoslari. (ro‘yxatdan o‘tish tartibi, bankrotlik va faoliyatni tugatish)

3. Biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda xorij tajribasi. (zamonaviy biznes turlari)

2-bo‘lim

1. Bozorni o‘rganish, tadqiq (tahlil) qilish usullari. (marketing tadqiqotlari)

2. Biznes reja moxiyati va tamoyillari. (biznes-rejasini tuzish tartibi)

3. Tadbirkorlikning (biznes) faoliyatida boshqaruv siyosati. (menejment saboqlari)

4. Kichik biznesni moliyalashtirish. (bank kreditini olish tartibi, investitsiyalarni jalb etish va sug‘urtalash tizimi)

3-bo‘lim

1. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida soliq siyosati

2. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida logistik xizmatlar ko‘rsatish omillari tavsifi

3. Kichik biznes sub'yektlari tashqi iqtisodiy faoliyati (eksport-import) jarayonlarida bojxona rasmiylashtiruvi tartibi

4-bo‘lim

Tinglovchining o‘z biznes loyihasi taqdimoti

Murojaat uchun telefonlar:

+998 71 239 29 57

+998 93 395 28 85

Rasmiy manbalarimiz:

Veb sayt: www.tsue.uz

Telegram-kanal: @tsueuzofficial

Feysbuk: facebook.com/tsue.uz

Feysbuk: facebook.com/groups/tsue.uz

Instagram: @tsue.uz_official

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: