«Qushbegi» turar joy majmuasida 30ta xonadon qoldi!

Jamiyat 09:00 / 10.07.2020 14071

Komfort toifadagi «Qushbegi» turar joy majmuasi sifatli ta'mirlangan xonadonlarni qulay narxlarda xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi.

«Qushbegi» TJM Yakkasaroy tumanining Qushbegi ko‘chasida, Fransiya kvartali «Parisien»ning yonginasida joylashgan bo‘lib, hududda yirik magistrallar mavjud va rivojlangan jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yilgan. Bu majmua aholisi uchun shaharning istalgan joyiga qulaylik va tezlik bilan yetib olish imkoniyatini yaratadi.

Golden House'ning barcha turar joy majmualarini qamrab olgan asosiy tamoyillar «Qushbegi» TJMni ham chetlab o‘tmadi — bu ishonchlilik, go‘zallik, qulaylik va sifat. Majmua fasadining tashqi ko‘rinishi shunday dizaynga egaki, u jozibador «Parisien»ning mantiqiy davomi ekanligidan dalolat qiladi.

«Qushbegi» TJM xonadonlarining eng afzal jihatlaridan biri shundaki, ular tayyor ta'mirdan chiqqan holda taqdim etiladi. Bu sizni ta'mir ishlaridagi ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos qiladi va kalitni olgan kuningizdayoq uyga ko‘chib kirish imkonini beradi.

Xonadonlar issiq pol tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, sizni qishning sovuq kunlarida ham shinamlik hissi tark etmaydi.

Yana bir afzallik – tayyor ta'mirga qo‘shimcha tarzda zamonaviy va funksional oshxona garnituri taqdim etiladi va oshxonangizga o‘rnatib beriladi.

Har bir xonadon uchun sovg‘a qilinadigan bir emas, ikkita konditsioner esa yozning issiq kunlarida xonadoningizga salqinlik va toza havo baxshida etadi.

Iyul oyi oxirigacha esa xonadonga qo‘shimcha ravishda sovg‘a vaucherini qo‘lga kiritasiz va uning yordamida butik va do‘konlarda 2.000.000 so‘mlik yoqimli xaridlar qilishingiz mumkin.

Bundan tashqari, ayni damda xonadonlar uchun 7%gacha bo‘lgan chegirmalar ham amal qilmoqda. O‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang, xonadonlar oz qoldi!

Batafsil:

Telefon: +99878 150 11 11

Sayt: gh.uz/qushbegi

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi

Mo‘ljal: sobiq To‘qimachilik kombinati, Muqimiy ko‘prigi


Golden House savdo ofisi manzili: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3 uy

Mo‘ljal: «Irrigatsiya instituti», «Darxon» mavzesi, «Novomoskovskaya» TJM

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

 
Ko‘proq yangiliklar: