Rasmiy xabarga ko‘ra, safar yakunlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimligi va Janubiy Koreya kompaniyalari o‘rtasida 285 mln dollarlik 7ta kelishuvga erishilgan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati ushbu kelishuvlar ro‘yxatini e'lon qildi:
1. Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan Koreyaning «KIUF» xalqaro universiteti faoliyatini yanada kengaytirish, ta'lim sifatini oshirish maqsadida qo‘shimcha 25 nafar malakali professorlarni jalb qilinadi.
2. «KREVES CROPS» CO.LTD korxonasi bilan moyli o‘simliklarni yetishtirish va o‘simlik moyi ishlab chiqarish tashkil etiladi.
3. «GNT» CO.LTD korxonasi bilan hamkorlikda viloyatning Bag‘dod tumanida qandli diabet kasalligi (glyukometr) hamda qon bosimini o‘lchovchi uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
4. «JINWON TRADING» CO.LTD kompaniyasi bilan Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan meva mahsulotlari Koreya Respublikasiga eksport qilinadi.
5. «KANAAN» kompaniyasi tomonidan Farg‘ona viloyatining Beshariq, Bog‘dod hamda Farg‘ona tumanlarida tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari tashkil qilinadi.
6. «HYUNDAI ENGINEERING» CO.LTD kompaniyasi bilan Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida joylashgan issiqlik energiya markazi modernizatsiya qilinadi.
7. Koreya hududiy issiqlik ta'minoti korporatsiyasi (KDHC) direktorining o‘rinbosari Benjamin Yun 6 oy muddatga Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning iqtisod va investitsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida jalb qilindi.